Andijon viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari böyiça örinbosari — viloyat turizm va sport boş boşqarmasi boşliği lavozimiga Azizxon Maksumov Nodirjon öğli tayinlandi.
A.Maksumov 1992 yilda Andijon şahrida tavallud topgan. 2013 yilda Osiyo Tinç Okeani texnologiya va innovatsiya universiteti (Malayziya), 2017 Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini (magistratura) tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2013 yil Özbekiston Respublikasining Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi raqobat muhitini rivojlantiriş va nohalol raqobatga yöl qöymaslik boşqarmasi birinçi toifali mutaxassisi vazifasidan boşlagan.
Tayinlovga qadar A.Maksumov Andijon viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimida işlab kelgan.
Avvalroq, Uluğnor tumaniga prokuror hokim bölgani haqida xabar bergan edik.











