Bugun, 20 aprel kuni Uluğnor tumanida Xalq deputatlari tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Sessiyada viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonov iştirok etib, ma'ruza qildi. Sessiyada taşkiliy masala körildi. Viloyat hokimi Muhammadislomiddin Ahmadjonov nomzodini Uluğnor tumani hokimi lavozimiga tavsiya qilgan, nomzod oçiq ovoz beriş yöli bilan hokimlikka tasdiqlangan.

Muhammadislomiddin Muhammadsobiroviç Ahmadjonov 1979 yil Şahrixon tumanida tuğilgan. 2000 yilda Toşkent davlat yuridik institutini, 2012 yilda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining Oliy öquv kurslarini tamomlagan.
Faoliyatini Toşkent şahar hokimligi Adliya boşqarmasi katta nazoratçisi lavozimidan boşlagan. Şuningdek, Andijon viloyatining Marhamat tumani va Namangan viloyatining Töraqörğon tumani prokurori lavozimlarida işlagan.
U 2020 yildan buyon Uluğnor tumani prokurori vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.
Eslatib ötamiz, Uluğnor tumanining sobiq hokimi Doniyor Maxsudov 16 aprel kuni prezident Şavkat Mirziyoyev boşçiligida ötkazilgan videoselektorda yoşlar bilan işlaşni lozim darajada taşkil etmagani uçun işdan olingan edi.















