Yapon tadqiqotçilari irsiy eşitiş qobiliyatini yöqotiş muammosini davolaş yölida muhim qadam taşladi. Ular tuğma karlikning asosiy sabablaridan biri bölgan GJB2 genidagi mutatsiyani tuzatişga yordam beruvçi yangi gen terapiyasi usulini işlab çiqdi.

GJB2 geni içki quloqdagi hujayralarga tovuş signallarini uzatişga kömaklaşadigan maxsus oqsillar faoliyati uçun javob beradi. Ammo ayrim mutatsiyalar uşbu jarayonni buzib, eşitiş qobiliyatining yöqolişiga olib kelişi mumkin. Olimlar bu kabi mutatsiyani genlarni tahrirlaş texnologiyasi yordamida «tuzatiş» usulini topdi.

Buning uçun ular tuzatilgan genni quloq hujayrasiga taşuvçi xavfsiz virusdan (AVV) foydalangan. Genlarni tahrirlaşda qöllanadigan oddiy usullar bu kabi taşuvlar uçun juda katta hisoblanadi, şu bois olimlar jamoasi uning ixçam va nisbatan aniq versiyasini işlab çiqqan.

Nuqsonli genga ega inson hujayralari va laboratoriya siçqonlari ustida ötkazilgan sinovlar gen terapiyasidan keyin hujayralar soğlom organizmdagi kabi işlay boşlaganini körsatgan. Bu tuğma eşitiş qobiliyatiga ega bölmagan insonlarni samarali davolaş usulini işlab çiqişga yordam beradi.

«Bizning usulimiz davolaş jarayonini soddalaştirib, uni yanada osonlaştirişiga umid qilamiz. Bundan taşqari, u boşqa genetik kasalliklarni davolaşda ham yordam berişi mumkin», — deydi tadqiqotning yetakçi muallifi doktor Kazusaku Kamiya.

Tadqiqot mualliflarining fikriça, tibbiyotdagi uşbu yutuq kelajakda millionlab odamlarga eşitiş qobiliyatini tiklaş imkoniyatini berişi mumkin.