Google kompaniyasi barça Gemini ilovasi foydalanuvçilariga Gemini 2.5 Pro neyrotarmoğining tajriba versiyasidan bepul foydalaniş imkoniyatini taqdim etdi. Mazkur qaror kutilmagan böldi, çunki uşbu sun’iy intellekt algoritmi atigi bir neça kun oldin Google tomonidan «eng aqlli sun’iy intellekt modeli» sifatida taqdim etilgandi.
Qayd etilişiça, Gemini 2.5 Pro nafaqat sörovlarga javob beriş, balki mantiqiy fikrlaş va tahlil qiliş qobiliyatiga ham ega. Gemini 2.5 Pro hozirça tajriba bosqiçidagi loyiha bölsada, allaqaçon ilovalar bilan integratsiya, fayllarni yuklaş hamda Canvas bilan işlaş kabi asosiy funksiyalarni qöllab-quvvatlamoqda. Dastlab, uşbu algoritm faqat pullik Gemini Advanced obunaçilariga taqdim etilgan edi, biroq dam oliş kunlari Google uni barça Gemini foydalanuvçilari uçun oçiş rejasi borligini e’lon qildi.
Hozirning özida Gemini 2.5 Pro imkoniyatlarini Gemini.google.com saytida sinab köriş mumkin, tez orada esa neyrotarmoq Android va iOS uçun möljallangan Gemini ilovalarida ham paydo böladi. Google vakillari kompaniya özining eng ilğor sun’iy intellekt modelini iloji boriça tezroq keng foydalanuvçilar auditoriyasiga taqdim etişni maqsad qilganini ta’kidladi.
Qayd etilişiça, hozirda Gemini 2.5 Pro foydalanuvçilarning baholariga asoslangan LMArena reytingida yetakçilik qilmoqda. Uşbu algoritm matematika (AIME 2025) va ilmiy (GPQA diamond) testlarida ham birinçi örinda turibdi. Bundan taşqari, Google neyrotarmoqning dasturlaş böyiça könikmalarini yaxşilaş ustida faol işlamoqda.
Hozirça Google Gemini 2.5 Pröning doimiy versiyasini butunlay oçiq va bepul qilişni rejalaştiryaptimi yoki bu faqat sun’iy intellekt modelini sinovdan ötkaziş jarayonining bir qismimi — noma’lum. Bu borada kompaniya hali rasmiy izoh bermadi.








