2009-yilda AQŞda ğalati ölim sodir böladi. 26 yoşli şifokor Yutadagi ğorga borib, boşi berk yölakda tiqilib qoladi. Qutqaruvçilar harçand urinmasin, yigitni çiqarib ololmaydi. Oqibatda oyoği tepada, boşi pastda bölib qolgan şifokor öşa joyda qiynalib jon beradi.

Dunyoda ğayrioddiy ölimlar köp sodir bölgan. Maşhurlar bilan bölganlari köpçilikning esida qolgan. Masalan, raqqosa Aysedora Dunkan maşinada sayrga ketayotganida avtomobil ğildiragiga öralib qolgan şarf tufayli halok böladi. Milliarder Sanjay Kapur ari çaqib öladi. Avstraliya boş vaziri Garold Xolt çömilişga borib, dengizda ğarq böladi. 

Bunday misollar juda köp. Bugun hikoya qilmoqçi bölgan qahramonimiz Jon Jons ham ğalati tarzda ölim topgan. Afsuski, uni hayotda qilgan işlari emas, qanday ölgani maşhur qildi.

Natti-Patti ğori haqida

Natti-Patti Yutada joylaşgan AQŞdagi maşhur ğorlardan biri bölib, uni ilk bor 1960-yil ğorşunos Deyl Grin örgangan. Olim içida loyqa köpligi uçun ğorni Natti-Patti deb ataydi, yaʼni inglizçada yonğoqli pasta degani. Ğorga yiliga 5 minggaça odam boradi. Undagi asosiy xavf sirtlar sirpançiqligi edi. Odamlar oqimi köpaygaç, tinimsiz qadamlar taʼsirida qoyatoşlar yanada silliqlanib ketadi.

Ğordagi eng maşhur joyni «Big slide» (katta sirpançiq) deb ataşadi. Bu joyda oyoq osti juda sirpançiq bölgani uçun şunday nom olgan. 2006-yil odamlar Natti-Pattiga yuqori darajada aks taʼsir ötkazayotganini baholaş böyiça tadqiqot boşlanadi. Vaziyat böyiça xulosalar çiqqaç, ğorga keluvçilar sonini çeklaş taklif qilinadi. Köp ötmay ğorning kiriş qismiga tösiq örnatilib, taşrif buyuruvçilar uçun vaqtinça yopiladi.

Ğorga kirişni tartibga soluvçi xavfsizlik talablari işlab çiqilgaç, 2009-yil 18-mayda qayta oçiladi. Biroq öşa yili noyabrda ğor taşrif buruvçilar uçun butunlay yopiladi. Bunga Jon Jons ismli yigitning ölimi sabab böladi.

Tor yölakdagi ölim