Google kompaniyasining Gemini ilovasi bolalar bilan işlaş imkoniyatiga ega böladi. Bunga yangilangan ilovadagi kodlar dalolat qilmoqda, deb xabar berdi Android Authority.

Gemini bolalarga hikoya tuziş, savollar beriş va uy vazifalarini bajarişda yordam oliş imkonini berişi kutilmoqda. Ösmirlar uçun xavfsizlik va kontent himoyasini ta’minlaş uçun qöşimça himoya va senzura usullari işlab çiqilmoqda.

Google bolalar uçun Gemini rejimini qanday joriy qilişi noma’lum, biroq bolaning profili bilan boğlangan Google akkaunti rejimni avtomatik ravişda yoqişi kutilmoqda. Qayd etilişiça, Google Gemini for Kids dasturida töplangan ma’lumotlarni özining maxfiylik siyosati, jumladan, bolalar siyosati va Gemini Apps maxfiylik eslatmasi asosida töplaydi va qayta işlaydi.

Ammo bu yeçim turli mamlakatlarda qanday işlaşi noma’lum, çunki ba’zi mamlakatlarda bolalar ma’lumotlarini qayta işlaş böyiça qat’iy qonunlar mavjud, şuning uçun Google ularni tartibga soliş talablariga moslaşişi va qoidalarga rioya qilişi kerak.