AQŞ Qurolli kuçlari Kiberqömondonligi va Milliy xavfsizlik agentligi (MXA) rahbari sifatida faoliyat yuritib kelgan general Timoti Xo lavozimdan olindi, deb xabar bermoqda The Washington Post.
Bundan taşqari, Xoning Milliy xavfsizlik agentligidagi örinbosari Vendi Nobl ham lavozimdan olingan.
Agentlik rahbarining işdan böşatilişini öta öng aktivist Lora Lumer AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşuvda söragan edi. U Xo va Milliy xavfsizlik kengaşining yana bir neça xodimini Trampga sodiq emaslikda ayblagan.
Lumerning çaqiriqlaridan keyin 3 aprel kuni Milliy xavfsizlik kengaşining kamida beş nafar xodimi işdan böşatilgan. MXA rahbarlarining nima sababdan lavozimdan olinganiga rasman izoh berilmagan.
WP’ning yozişiça, mart oyida Xo Trampning maslahatçisi va Hukumat samaradorligi departamenti rahbari Ilon Mask bilan MXAning Merilenddagi ştab-kvartirasida uçraşgan. Amerikalik amaldorlarning sözlariga köra, uçraşuv «muvaffaqiyatli» ötgan.
General Timoti Xo Milliy xavfsizlik agentligi va AQŞ Kiberqömondonligi rahbarligiga 2024 yil fevralda tayinlangan edi. U 30 yillik harbiy xizmat tajribasiga ega «kiberxavfsizlik sohasidagi professional» deya ta’riflanadi. Şuningdek, u 2018 yilgi oraliq saylovlarni Rossiyaning ehtimoliy aralaşuvidan himoyalaniş maqsadida Kiberqömondonlik kuçlari harakatiga rahbarlik qilgan.
2025 yil fevral oxirlarida AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegset Kiberqömondonlik Rossiyaga qarşi har qanday rejalaştirilgan harakatlarni töxtatişni buyurgani ma’lum bölgandi. Pentagon uşbu xabarni rad etgan.






