Yaponiyaning Sukiya restoranlar tarmoği mijozlar şörvasidan kemiruvçi çiqqanidan keyin barça ovqatlaniş maskanlari faoliyatini töxtatib qöydi, deb xabar beradi NHK.
Hodisa 21 yanvar kuni sodir bölgan. Biroq kompaniya bu haqda faqat ölik kemiruvçi haqidagi video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgaç, oradan 2 oy ötib xabar bergan. 28 mart kuni Tokiodagi restoranda amalga oşirilgan buyurtmadan esa suvarak topilgan. Mazkur xabarlar fonida restoranlar tarmoğini boşqaruvçi Zensho Holdings qimmatli qoğozlari qiymati tuşib ketdi.
Şundan keyin Sukiya tarkibiga kiruvçi 1900 taga yaqin restoran faoliyati 31 martdan 4 aprelga qadar töxtatib qöyildi. Bunda faqat savdo markazlarida joylaşgan nuqtalar yopilmadi.
Sukiya mol göşti, guruç va piyozdan tayyorlanadigan yapon taomi — gyudonni tayyorlaşga ixtisoslaşgan. Kompaniya 4 apreldan aksariyat ovqatlaniş şoxobçalari faoliyatini qayta boşlaşini ma’lum qildi, biroq ular endi kun-u tun işlamaydi: restoranlar «intensiv tozalaşlar» uçun bir soatga yopiladi.









