Rekonstruksiya sabab “Darband-Elbayon” avtomobil yölidagi salkam mingta, “Manguzar-Denov”da esa 2 mingga yaqin daraxt köçirilyapti. Bunga Surxondaryo viloyati Ekologiya boşqarmasi ruxsat bergan. Mahalliy aholiga köra, jarayon boşlanib bölgan, yaşillik yöq qilinyapti. Bu Kun.uz’ga berilgan videotasvirlarda ham aks etadi. Qiziği, avvalroq Ekovazirlik ayni hududdagi daraxtlarni köçirib ötkazişga qarşi ekanini bildirgandi.
Amalda jilovlanişi imkonsiz bölib borayotgan gaz konidan çiqayotgan zaharli havo boysunliklarning yagona muammosi bölib qolmaydigan körinadi: endi bu hududdagi minglab daraxtlarga "hujum" boşlangan.
Kun.uz’ga Surxondaryo viloyatidan ötuvçi 4R-105 “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yölining bir qismida köplab daraxtlar qöporib olingani yoki kesib taşlangani aks etgan videolar kelib tuşdi. Hududda yaşovçilarga köra, olib taşlangan daraxtlarning bir qismi “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida ekilgan.
“Mana şu yerda “Boysun bahori” bölgan yöllarni şunça gulzor qilib qöygan edi, örtadagi [daraxtlar] yöq-da. Tunov kuni “zapravka”ga borganimda şuning guvohi böldim, yölning örtasidagi qariyb 200 dan ortiq arça yöq, u yerda yöl qurilayotgan ekan, Boysun yöli ötyapti-ku, betonli yöl – şu qurilyapti deyişdi, şu munosabat bilan olib taşlaşganmi? [Hali] yölning ikki çetidagilarini olişgani yöq, faqat örtadagisini yöqotgan”,– deydi murojaat qilgan fuqaro.
Şuningdek, şaxsini oçiqlaşni istamagan yurtdoşimiz odamlar orasida joydagi 13 mingta daraxt kesilişiga oid ma’lumotlar yurganini, bundan köpçilik xavotirlanayotganini bildirdi.
“Yölning yoqasidagi daraxtlarga “X” belgilari qöyib çiqilgandi, öçirib çiqişibdi. Biror joyda şov-şuv bölganmi yoki boşqa bölganmi, yaqinda şunday qilişibdi.
[Daraxtlarning] ba’zilarini kesib taşlagan, ba’zilarini qöporib, qabristonlarga tarqatib çiqqan. Qabristonga 10-15 tasini kökartiriş vazifasi qorovulga berilgan ekan. Arçalar biror joyda yöq, özidan özi kesib taşlayapti. Ekologiya idorasi şu kesilgan arçalar joyidan bir tomon 200 metr içkarida, bir tomondan esa 1 km yoki 2 km çiqadi[gan hududda joylaşgan]”,– deydi u.
Fuqaro taqdim etgan tasvirlarda haqiqatan ham arça daraxtlarining örni qazib taşlangani, ayrimlarida esa ildiz qismi qolib, kesib taşlangani körinadi. Qolaversa, yana bir videoda bir tup qarağay daraxti ildizi bilan qöporilgan va yerga yotqizilgani aks etadi.
Qarşi turilgan arizaga rozilik berilgan – vazirlik ham aytadi, ham qaytadimi?
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi holat yuzasidan Kun.uz’ga izoh berdi. Unga köra, şu yil 28 yanvar kuni vazirlikning Surxondaryodagi boşqarmasi tomonidan loyihani amalga oşirayotgan kompaniyaga daraxtlar taqdiri yuzasidan xulosa berilgan.
Ya’ni Darband, Mustaqillik, Bibişirin, Gaza, Şörsoy mahallalari hududidan ötuvçi 24 km.li avtomobil yölidagi ösuvçanligini yöqotmagan jami 946 tup mevali, manzarali daraxtlar hamda yoş köçatlarni köçirib ötkaziş belgilangan.
Şuningdek, kompaniya daraxtlarni agrotexnik talablarga rioya qilgan holda köçiriş, 3 yil davomida doimiy parvariş qiliş töğrisida kafolat xatini taqdim qilgani aytilmoqda. Rasmiylar şularga asosan hozirgaça 122 tup daraxt köçirilganini ma’lum qildi.
“Daraxtlarni maxsus texnika va mutaxassislar iştirokida ildiz tizimiga şikast yetkazmasdan, ösuvçanligini saqlab qolgan holda Bibişirin mahallasi hududidagi Boysun tuman 3-son politexnikumiga qaraşli hududga 27 tup eldor qarağayi, 22 tup gözal katalpa, 15 tup virgin arçasi – jami 64 tup manzarali daraxt va daraxt köçatlari, Mustaqillik mahallasidagi 39-son umumta’lim maktabiga 15 tup virgin arçasi, 3 tup eldor qarağayi – 18 tup manzarali daraxt, Bibişirin mahallasidan ötuvçi 4K-611 avtomobil yöli yoqasiga 15 tup virgin arçasi, Gaza mahallasidagi “Boysun vaxşivori” MÇJ hududiga 25 tup virgin arçasi – hammasi bölib jami 122 tup manzarali daraxt va daraxt köçatlari köçirib ötkazildi.
Köçirib ötkazilgan daraxtlarning ösuvçanligini saqlab qoliş va doimiy parvarişlaş işlarini olib boriş “Surxondaryoyölkökalam” DM boşliğiga biriktiriladi”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Ammo yuqorida daraxtlar ildiz qismidan qöporilganiga oid tasvirlar buning aksini körsatmoqda. Vazirlik bu holatga izoh bermadi. Qolaversa, ekologiya boşqarmasining 28 yanvarda daraxtlarni köçirişga oid xulosasidan oldin 21 yanvar kuni rasmiy ma’lumot berilgan. Unda “Darband-Elbayon” avtoyölidan taşqari, 4R-100 “Manguzar-Denov” yölining ayrim qismlari rekonstruksiyasiga jami 2 706 tup daraxt xalal berayotgani, ularni köçirib ötkaziş, töliq saqlab qoliş böyiça çoralar belgilab olingani ma’lum qilingan. Yozilişiça, 4R-100 yölida 1 976 tup daraxt quriliş ostiga tuşgan, eski loyihada bu 10 567 tupni taşkil etgan, hozirda 8 591 tup daraxt saqlab qolingan.
Qiziği, ötgan yili sentabr oyida vazirlik bu işlarga qarşi ekanini bildirgandi. Quruvçilarning daraxtlarni köçiriş yuzasidan berilgan arizasiga rad javobini berib, loyihani amalga oşirişda daraxtlardan xoli hududni tanlaş va bu borada loyihaga tegişli özgartirişlar kiritişni tavsiya qilgandi. Nima sabab hozirga kelib taşkilotning fikri özgarib qoldi? Taşkilot bu sörovimizni ham e’tiborsiz qoldirdi.
Eslatib ötamiz, 2023 yilning iyul oyida Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida rejalangan yöl qurilişi sabab ikkala hududda jami 70 mingga yaqin daraxt va butalar kesilişi mumkinligi ma’lum bölgandi. Ekologiya vazirligi bu loyihaga qarşi ekanini bildirgandi.
Keyinroq Avtomobil yöllari qömitasiga yaşillikka zarar keltirmagan holda loyihani qayta işlab çiqiş vazifasi topşirilgandi.
Ötgan yili noyabrida esa Kun.uz Farğonada beş yulduzli mehmonxona qurilişi boşlanişi arafasida 25 yillik daraxtlar boşqa joyga köçirilgani va buning oqibatida qurib qolganini yozgandi.












