Xitoy AQŞ vitse-prezidenti Jyeyms Vensni «AQŞ xitoylik dehqonlardan qarz oladi» degan sözlari uçun «johil va odobsiz» deb atadi.

Tortişuv şu kunlarda AQŞ prezidenti Donald Tramp boşlagan savdo uruşining yangi bosqiçi fonida yuzaga keldi.

Vens Fox News telekanaliga bergan intervyusida prezidentning Xitoyga nisbatan yangi boj tariflarini joriy etiş qarorini qöllab-quvvatlab, şunday degandi: «Biz bu xitoylik dehqonlardan qarz olamiz, söngra bu pullarga xitoylik dehqonlar işlab çiqarayotgan mahsulotlarni sotib olamiz».

Xitoy – AQŞ ğaznaçilik obligatsiyalarining dunyodagi eng yirik egalaridan biri hisoblanadi.

Xitoy Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Lin Tszyan 8 aprel kuni bölib ötgan matbuot brifingida Vensning sözlariga munosabat bildirib, şunday dedi: «Bu vitse-prezidentdan şunday johil va beadab sözlarni eşitiş hayratlanarli va açinarli».

Duşanba kuni Tramp Xitoy javoban qöllagan 34 foizlik bojni bekor qiliş uçun seşanbagaça vaqt bergan, aks holda AQŞga import qilinadigan barça Xitoy mahsulotlariga 50 foizlik boj solişni va’da qilgandi.

Ötgan haftada Tramp mart oyida Xitoy tovarlariga qöyilgan 20 foizlik bojga 34 foizlik tariflarni qöşib qöygandi. Agar u öz sözida tursa, amerikalik importçilar uçun Xitoy firmalari mahsulotlarining narxi ikki baravardan köproq oşadi.

Xitoy Trampning harakatlarini «qörqitiş» deb atab, «oxirigaça kuraşişi»ni bildirdi.

«Xitoyning Xitoy va AQŞ örtasidagi iqtisodiy va savdo munosabatlariga nisbatan pozitsiyasi juda aniq bayon etilgan», – dedi Lin seşanba kuni.

Vens sözlari Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida bahs va munozaralar tölqinini yuzaga keltirdi. Ba’zilar AQŞ vitse-prezidentiga Xitoyga kirişni taqiqlaşni talab qildi.

«AQŞ hukumatidagi muhim şaxs sifatida Vens uçun bunday gaplarni aytiş uyat», – deb yozadi Weibo foydalanuvçilaridan biri.

«Uning memuarlari „Hillbilly Elegy“ deb nomlanmaganmidi?» deb yozgan boşqa bir foydalanuvçi Vensning kitobini nazarda tutib, unda siyosatçining Amerika qişloqlarida ösgani batafsil tasvirlangan va sarlavhani «Qişloq elegiyasi» deb tarjima qiliş mumkin.

Vens öz intervyusida Xitoy bilan çeklanmagan. Masalan, uning sözlariga köra, AQŞning Ukraina minerallarini qazib olişdagi uluşi – «30-40 yil jang qilmagan qandaydir tasodifiy mamlakatning 20 ming askari»dan köra işonçliroq xavfsizlik kafolatidir.