Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Hazorasp tumanida sodir bölgan yonğin yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, 17 aprel kuni soat 16:04 da Xorazm viloyati FVBga Hazorasp tumani,«Temirçi maskan» MFYda joylaşgan uç qavatli savdo dökonida yonğin yuz berayotgani töğrisida xabar kelib tuşgan.
Şunga köra, yonğin-qutqaruv ekipajlari soat 16:11 da yonğin joyiga yetib borgan, soat 16:39 da yonğin örab olingan va soat 17:10 da öçirilgan.
Yonğin natijasida savdo dökonning 280 metr kvadrat maydonda tomi, şifti, içki qismi va jihozlari yonib, zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida savdo dökonining 200 metr kvadrat maydoni yonğindan saqlab qolingan.
«Yonğin sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar qayd etilmadi», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanişiça, yonğinni bartaraf etişgan 5 ta yonğin-qutqaruv ekipaji va ikkita yordamçi suv taşiş texnikasi jalb etilgan. Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan.
Avvalroq Toşkentda yonğin çiqqan uyda ikki yigit piçoqlangani ma’lum bölgan edi.









