Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumanida bir neça bor öğrilik jinoyatini sodir etgan jinoiy guruh qölga olindi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB xabar berdi.

Qayd qilinişiça, Sirdaryo tumanida yaşovçi fuqaro tanişi bilan til biriktirib, 27 fevral kuni Oqoltin tumanida joylaşgan kompyuter qismlari savdosi bilan şuğullanuvçi dökonga yaşirinça kirib, 51 mln 160 ming sömlik tovarlarni öğirlab ketgan. Söngra uşbu buyumlarni arzon narx evaziga sotib yuborgan.

Şuningdek, ular 13 mart kuni Oqoltin tumanidagi boşqa kompyuter qismlari dökoniga yaşirinça kirib, 43 mln 90 ming sömlik tovarlarni öğirlab, öz tanişlariga sotib yuborgan.

Tergovga qadar tekşiruv harakatlari jarayonida mazkur jinoyatni sodir etgan şaxslar qölga olingan. Hozir tergovga qadar tekşiruv davom etmoqda.