Yakşanba kuni keçqurun Vaşington şahri markazida joylaşgan restoranda tuşlik vaqtida AQŞning içki xavfsizlik vaziri Kristi Noem öğrilik qurboniga aylandi, deb yozadi ABC News.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar manbasining xabar berişiça, vazir xavfsizligini ta’minlovçi Maxfiy xizmat restorandagi kuzatuv kameralari yozuvini körib çiqqan va tibbiy niqob taqib olgan noma’lum oq tanli erkak sumkani öğirlab, restoranni tark etganini aniqlagan.
Vazirning sumkasida haydovçilik guvohnomasi, dori-darmonlar, kvartira kaliti, Milliy xavfsizlik departamentiga kiriş ruxsatnomasi, kosmetiçka, töldirilmagan çeklar va taxminan uç ming dollar naqd pul bölgan.
Departament vakilining aytişiça, Kristi Noem katta miqdorda naqd pulni oila a’zolari uçun tuşlik uyuştiriş va Pasxa bayrami uçun sovğalar xarid qiliş maqsadida öz yonida olib yurgan.
Undan öğrilik haqida söraşganda, vazir uşbu voqeani tasdiqladi va hozirgaça öğrilikda gumonlanuvçi topilmaganini ma’lum qildi.
Kristi Noem Amerika ma’muriyatiga kelgunga qadar Janubiy Dakota ştati gubernatori, undan avval esa AQŞ Kongressining Vakolatxonalar palatasi a’zosi bölgan. Içki xavfsizlik vaziri sifatida u milliy xavfsizlikka mas’ul bölgan bölimni boşqaradi. Uning faoliyat sohasiga çegara nazorati va migratsiya, terrorizmdan himoya va kiberxavfsizlik masalalari kiradi.








