Özbekistonning katta qismida hafta davomida quruq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda Özgidromet.

Duşanba kuni Özbekiston hududi böyiça quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning eng şimolida, Qoraqalpoğiston Respublikasida ayrim joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin.

Mamlakatning katta qismida yoz kabi +35…+38 darajagaça issiq böladi. Seşanba va çorşanba kunlari havo harorati pasayadi, çorşanba kuniga kelib harorat +25…+30 darajani taşkil etadi.

Haftaning ikkinçi yarmidan harorat yana kötarila boşlaydi va iş haftasi oxiriga borib havo +30…+33 darajagaça isiydi. Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida seşanba kuni +15…+20 daraja atrofida eng salqin kun böladi, söng harorat asta-sekin +28…+30 darajagaça kötariladi.

Faqat 29–30 aprel kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda, 1–2 may kunlari Farğona vodiysida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq kuzatilişi mumkin.

Şamol şarqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 28–30 aprelda ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.

Toşkent şahrida 28–30 aprel va 1–2 may kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Duşanba kunduzi harorat +36…+38 daraja, seşanba kuni +31…+33 daraja, çorşanba kuni +26…+28 daraja böladi. Iş haftasining ikkinçi yarmida harorat +29…+31 darajagaça kötariladi.