Qozoğiston şaharlarida 9 may kuni tantanali yurişlar ötkazilişiga ruxsat berilmadi, deb yozmoqda «Nastoyaşçeye vremya». Jumladan, Olmaota hokimligi ham uşbu tadbirning ötkazilişiga rozi bölmagan. Rusiyzabon aholining katta qismi yaşaydigan Pavlodar va Petropavlovskda rasmiylar tadbirni internetga köçiriş hamda frontdagi askarlarning suratlarini maxsus LED-ekranlarga joylaştirişni taklif qilgan. Rasmiy sabab — böş maydonlarning yöqligi. Taqiqni çetlab ötişga qaratilgan har qanday uriniş ruxsat etilmagan miting sifatida baholanadi va jarima yoki hibsga olinişga sabab böladi.
Buning fonida Olmaotada namoyişlar ötkazmoqçi bölgan odamlar SSSR bayroği bilan mamlakat prezidenti Qosim-Jömart Töqayevga murojaat yölladi. «Biz ğoliblarning avlodlarimiz, 9 may kuni Olmaota köçalari böylab Qozoğistonda «Qahramonlarga ta’zim» deb ataladigan «Ölmas polk» yurişlarini ötkazişni xohlaymiz… Prezident va joylardagi barça mahalliy hokimiyat organlariga murojaat qilib, uşbu vatanparvarlik tuyğularimizni namoyon etişga ruxsat berişlarini söraymiz», — deyiladi videoda. Ular hokimlik amaldorlarini «antisovetlar» deb atab, ular ruxsat bermasa ham aksiya ötkazilişidan ogohlantirmoqda.
Taldiqorğon, Qizilörda, Turkiston, Öral, Atirau va Kostanayda Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 80 yilligiga bağişlangan yurişlarni ötkaziş rejalaştirilmayapti. Qozoğiston poytaxtida ham vaziyat şunday. Ostona hokimi Jyenis Kasimbek kimdir «Ölmas polk» taşkillaştiriş niyatida ekanini birinçi marta eşitib turganini aytib, 7 may kuni uzoq yillik tanaffusdan keyin şaharda aviaşou iştirokida harbiy parad ötkazilişini eslatdi. Şu bilan birga Petropavlovskda özlarini «volontyorlar» deb atayotgan odamlar paydo bölgan, ular qozoqlarni Rossiya rubli evaziga namoyişlarda iştirok etişga yollamoqda.
Qozoğiston şaharlarida «Ölmas polk» oxirgi marta 2019 yilda ötkazilgan edi. Keyin koronavirus pandemiyasi sabab ikki yil taşkil etilmadi. 2022 yilda Rossiya Ukrainaga bostirib kirgaç, aksiya örnini milliy ramzlarga ega «Qahramonlarga ta’zim» nomli tadbirlar egalladi. Şunga qaramay, tantanali yurişlar oldingisidan deyarli farq qilmasdi — ularda ham Ikkinçi jahon uruşi davridagi bayroqlar va veteranlarning portretlari kötarilgan holda kolonna harakat qiladi. 2023 va 2024 yillarda hukumat «dunyodagi notinç vaziyat», provokatsiya ehtimolligi va mamlakatdagi suv toşqinlari sabab yurişlarni bekor qilgandi.











