Avstraliya 49 ta M1A1 Abrams tanklarini uçinçi tomonga beriş uçun ruxsat ololmayapti, şu bois zirhli texnikalarni Ukrainaga yuboriş keçikmoqda, deb xabar beradi ABC telekanali.

Xalqaro qurol savdosi qoidalariga muvofiq, Amerika tomonidan işlab çiqarilgan bu turdagi texnikalarni AQŞ roziligisiz uçinçi tomonga beriş mumkin emas. Telekanal Ukraina Qurolli kuçlariga (UQK) tanklarni yuboriş bilan boğliq jarayonlardagi muammo haqida 2025 yil mart oyida xabar bergandi. Öşanda ABC suhbatdoşi keçikişlarni AQŞ prezidenti Donald Trampning Ukrainaga harbiy yordam körsatişni muzlatiş töğrisidagi qarori bilan boğlaşgan edi.

Abrams partiyasi Avstraliyaning UQKni qöllab-quvvatlaş böyiça 2024 yil oktyabrdagi yordam paketiga kiritilgan. Ularning qiymati 245 million dollarni taşkil etadi. Öşanda uşbu paketning bir qismiga aylangan tanklarning barçasi ham foydalanişga yaroqli emasligi va zarurat tuğilsa, ular ehtiyot qismlarga ajratilişi mumkinligi aytilgan edi.

Telekanal materialida M1A1 Abrams tanklari «eskirgan» deya ta’riflanadi. Uning asosiy kamçiligi — dronlar hujumiga bardoşli emasligi. Avstraliyada bu kabi texnikadan jami 59 ta bor. Ammo ular 2007 yilda yiğilganidan beri heç qaçon jangovar harakatlarda foydalanilmagan. Hozirda Kanberra 120 millimetrli qurolga ega M1A2 modelidagi yangi 75 ta tank kelişini kutmoqda.