Prokuror, içki işlar va soliq organlari rahbarlari sektorlar faoliyati böyiça yuklatilgan vazifalardan ozod etiladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyevning «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali taşkil etişga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi farmonida közda tutilgan.

Unga köra, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça sektorlar faoliyati quyidagiça yangi tartib asosida yölga qöyiladi:

– prokuror, içki işlar va soliq organlari rahbarlari sektorlar faoliyati böyiça yuklatilgan vazifalardan ozod etiladi;
– sektorlar işiga Boş vazir örinbosarlari va Özbekiston mahallalari uyuşmasi hamda uning hududiy bölinmalari mas’ul etib belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda sektorlarning yangi tartib asosida faoliyat yuritişi böyiça Özbekiston prezidenti qarori loyihasini kiritişi kerak.

Prezident Şavkat Mirziyoyev şu yilning 5 mart kuni Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça milliy kengaş yiğilişida bundan buyon prokurorlar, içki işlar xodimlari va soliqçilar sektorlar faoliyati bilan şuğullanmasligini ma’lum qilgandi.

Davlat rahbari sakkiz yil avval yölga qöyilgan hududlarni kompleks rivojlantiriş böyiça sektorlar faoliyati tizimi yillar davomida yiğilib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etib, vaziyatni önglaş uçun barça kuçlarni safarbar etişga kömaklaşganini qayd etgan, şu bilan birga, sönggi yillarda hududlar salohiyati bir neça karra oşganiga qaramay, keyingi paytlarda prokuror, içki işlar va soliq rahbarlari sektorni bahona qilib, sohasidagi işlarni susaytirib yuborganini tanqid qilgandi.

Şuningdek, prokuratura, içki işlar, soliq rahbarlarini sektor işidan ozod qiliş bu — eski davrga qaytib, aholi va tadbirkorlarga har qadamda tösiq, korrupsiyaga şaroit yaratiş, degani emasligini ta’kidlagandi.