Amerikalik muzokaraçilar sönggi paytlarda Rossiya va Ukraina örtasidagi hududiy kelişuv doirasida Donetsk va Lugansk viloyatlari çegaralarini özgartiriş ğoyasini ilgari surmoqda, deb yozdi The Economist öz manbalariga tayanib.
Naşr suhbatdoşlarining sözlariga köra, bu özgarişdan maqsad - Rossiyaga mazkur hududlarni töliq qölga kiritganini eʼlon qiliş imkonini beriş, ayni paytda Ukrainani öz yerlaridan voz keçişga majbur qilmaslikdir.
The Economist manbalari, şuningdek, muzokaralar çoğida Rossiya «ğayrioddiy tarzda yon berişga tayyorlik» körsatgani haqida ham sözlab berdi. Biroq, ularning qayd etişiça, bu kabi moslaşuvçanlik Yevropa xavfsizligini muhokama qiliş taklifi bildirilganidan söng paydo bölgan - endi AQŞ Moskva bunday muzokaralarni bahona qilib, harbiy harakatlarni çözişidan xavfsiramoqda.
AQŞ prezidenti Donald Tramp 9-noyabr kuni uruş yakunlangaç, Ukraina «biroz boşqaça şaklga ega bölişini» maʼlum qildi.
Rossiya anneksiya qilingan Qrim, şuningdek, Donetsk, Lugansk, Zaporojye va Xerson viloyatlari - jumladan, özi töliq nazorat qilmayotgan hududlar ustidan ham öz nazoratining xalqaro darajada tan olinişini talab qilmoqda. Prezident Volodimir Zelenskiy maʼmuriyatiga yaqin manbaning maʼlum qilişiça, bu Ukraina uçun mutlaqo qabul qilib bölmas holatdir. «Bizda yagona pozitsiya mavjud: Ukraina öz hududlarini bermaydi», - deb taʼkidladi u.













