2025 yilning yanvar-mart oylarida Özbekistonda 564,1 ming tonna göşt (tirik vaznda) yetiştirilgan. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar bermoqda.

Taqqoslaş uçun, ötgan yilning mos davrida göşt yetiştiriş hajmi 544,8 ming tonnani taşkil etgan. Şunga köra, bu borada joriy yilgi ösiş 3,5 foizni taşkil etmoqda.

Sut yetiştiriş hajmi ham oşgan. 2024 yil 1-çoragida 1,9 mln tonna sut olingan bölsa, joriy yilning şu davrida bu körsatkiç 2 mln tonnaga yetgan.

Hisobot davrida tuxum yetiştiriş hajmi 1,4 milliard donadan 1,5 milliard donagaça oşgan.

Sabzavot yetiştiriş 75,3 ming tonnadan 79 ming tonnaga yetgan.

Umuman, Milliy statistika qömitasining dastlabki ma’lumotlariga köra, 2025 yil yanvar-mart oylarida qişloq, örmon va baliqçilik xöjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 52,7 trln sömni taşkil etgan. Bu – 2024 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,8 foizga köp.