Qariyb 100 nafar özbekistonlik maxsus charter reysi bilan vatanga qaytarildi.

30 aprel kuni AQŞ hududida qonuniy asoslarsiz bölib turgan va deportatsiya qilinadigan xorijliklar röyxatiga kiritilgan Özbekiston fuqarolarini vatanga qaytariş maqsadida Nyu-York – Toşkent yönalişi böyiça maxsus charter reysi amalga oşirildi. Bu haqda «Dunyo» xabar berdi.

Qayd qilinişiça, Özbekistonning qariyb yuz nafar fuqarosi Toşkentga qaytarildi. Şuningdek, deportatsiya qilinganlar orasida Qozoğiston va Qirğiziston fuqarolari ham bor edi.

Ta’kidlanişiça, ularning aksariyati AQŞ çegarasini noqonuniy kesib ötişga uringani tufayli migratsiya markazlarida uzoq oylar davomida qolib ketgan.

Avvalroq, AQŞ hukumati fuqarolar deportatsiyasini taşkil etgan Özbekistonga minnatdorlik bildirgan edi.

«Biz Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga 131 nafar noqonuniy migrantni öz vataniga qaytariş maqsadida samolyot jönatişga rahbarlik qilgani uçun minnatdorlik bildiramiz. Xavfsizlikni mustahkamlaş va qonun ustuvorligini ta’minlaş böyiça Özbekiston bilan hamkorlikni davom ettirişni intiqlik bilan kutamiz», deyiladi xabarda.