11 noyabr – Amerika milliy faxriylar kuni (Buyuk Britaniyada uni Xotira kuni sifatida nişonlaşadi) Birinçi jahon uruşida qozonilgan Ğalaba kuni deb özgartiriladi. Tramp buni Qöşma Ştatlarning Germaniya imperiyasi ustidan qozonilgan ğalabaga qöşgan hissasini töğri baholaş zarurati bilan izohlaydi.

Hozirça AQŞda rasman Yevropada Ğalaba kuni deb ataladigan 8 may kuni esa, mos ravişda, Ikkinçi jahon uruşida Ğalaba kuni böladi.

Tramp bu rejalari haqida özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida bölişdi. Bu borada tegişli farmon hozirça e’lon qilinmagan, şuning uçun prezident 8 mayni federal darajadagi davlat bayramiga aylantirişni rejalaştiryaptimi yoki yöqmi, tuşunarsiz, çunki qonun böyiça bunday vakolatga faqat AQŞ Kongressi ega.

Tramp öz postida «bizning köplab döstlarimiz va ittifoqçilarimiz 8 mayni Ğalaba kuni sifatida nişonlaşadi – axir biz Ikkinçi jahon uruşida ğalaba qozoniş uçun boşqa har qanday davlatdan köra köproq iş qilgandik», deb ta’kidlaydi.

«Ikkala uruşda ham biz yutgandik, – deb işontirdi öz öquvçilarini Amerika prezidenti. – Qolgan mamlakatlar harbiy qudrati böyiça ham, jasorati böyiça ham, mukammal qömondonlik jihatidan ham biz bilan tenglaşa olmaydi».

«Şu bilan birga boşqa davlatlar öz ğalabasini nişonlamoqda, biz esa – yöq, – deb hayron qoladi Tramp. – Bularning barçasi buni qanday töğri qilişni biladigan yetakçilar yöqligidan! Şunday ekan, biz ham ğalabalarimizni yana nişonlaşni boşlaymiz!»

Uruşlarda aslida kim ğolib bölgan?

Bu yil sovet qöşinlari Berlinni egallagani, Uçinçi Reyx sözsiz taslim bölgani va Ikkinçi jahon uruşi tugaganiga 80 yil töladi.

Ikkinçi jahon uruşining britaniyalik faxriysi Normandiyadagi halok bölgan askarlar qabristonida

Rossiyada bu sana «Uluğ Vatan uruşi tugaşi» sifatida nişonlanadi va bu eng muhim davlat bayramlaridan biri bölib, uni nişonlaş doirasida Moskvaning Qizil maydonida va mamlakatning boşqa şaharlarida keng kölamli harbiy paradlar ötkaziladi.

Sovet ittifoqi uçun uruş 1941 yil iyun oyida Germaniya bosqinidan boşlangan.

Trampning Ikkinçi jahon uruşida aynan AQŞ ğalaba qozongani haqidagi sözlari köplab tarixçilarning xulosalariga zid keladi, ammo ular amerikaliklarning ğalabaga qöşgan muhim hissasini inkor etmaydi.