Turkiyaning Respublika xalq partiyasi raisi Özgur Özel 4 may kuni Istanbulda deputat Sirri Sureyyaning dafn marosimida hujumga uçradi.
Qayd etilişiça, voqea Taksim maydonidagi Otaturk madaniyat markazida bölib ötgan marosimdan keyin yuz bergan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlardan köriş mumkinki, noma’lum şaxs Turkiya muxolifati yetakçisiga şapaloq tuşirgan va siyosatçining qöriqlaş xizmati xodimlari tomonidan darhol qölga olingan.
Haberturk ma’lumotlariga köra, hujum qilgan şaxs «Biz — Usmonlilar avlodimiz!» deya xitob qilgan. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Özelga qönğiroq qilib, sodir bölgan voqeani qoralagan va uning barça tafsilotlari aniqlanişiga işontirgan.
Hozirda hibsda saqlanayotgan Istanbul sobiq meri Akrom Imomöğli ham vaziyatga munosabatini bildirdi. «Raisimiz janob Özgur Özelga qilingan nopok hujumni qoralayman. Hujum qilgan şaxs va unga aloqador barça zudlik bilan foş etilişini talab qilaman», — deydi u.









