Soğliqni saqlaş vaziri birinçi örinbosari Davron Sultonov va vazir örinbosari Farrux Şaripov işdan ketdi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasidagi islohotlarning navbatdagi bosqiçida turgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bağişlangan videoselektor yiğilişida ma’lum qilindi.
Yiğilişda tibbiy suğurtani joriy qiliş surunkali surilib kelayotgani keskin tanqid qilindi. Toşkent şahrida ötgan yili, Qoraqalpoğiston, Navoiy, Samarqand, Farğona, Surxondaryo va Xorazmda bu yili uşbu tizim işga tuşişi kerak edi. Suğurta jamğarmasi faqat tayyor pulni taqsimlovçiga aylanib qolgani körsatib ötildi.
«Belgilangan islohotlarimiz qançalik töğri bölmasin, tizim raqamlaşmasa, kutilgan natijaga erişa olmaymiz»,
- dedi prezident.
Lekin mutasaddilar tizimni töliq raqamlaştiriş u yerda tursin, oddiy «elektron retsept»ni ham işga tuşira olmagani tanqid qilindi. «Elektron poliklinika», «Elektron şifoxona»ni joriy etişda ham jiddiy oqsoqliklar bor.
«Vazirlik rahbarlari dunyoqaraşini özgartirib, fidoyi bölmasa, mas’uliyatni his qilib, sörovni kuçaytirmasa, islohotlar mahallagaça yetib bormaydi», - dedi davlat rahbari.
Şu bois, yöl qöyilgan kamçilik va xatolar uçun soğliqni saqlaş vazirining örinbosarlari Davron Sultonov, Farrux Şaripov lavozimidan ozod etildi, vazir örinbosari Olim Omonov 6 oyda raqamlaştirişda özgariş qilmasa, işdan olinişi haqida ogohlantirildi.
Ma’lumot uçun, Davron Sultonov 2024 yil sentabrida Alişer Şodmonov örniga vazirning birinçi örinbosari etib tayinlangandi.
Farrux Şaripov va Olim Omonov esa 2023 yil sentabrida SSV vaziri örinbosari lavozimlarida iş boşlagandi.









