AQŞ vitse-prezidenti Jyeyms Vens sözlariga köra, Rossiya Ukrainadagi uruşni tugatiş uçun tinçlik muzokaralarida «juda köp narsani» talab qilmoqda.

Vaşingtondagi Myunxen sammitida sözlagan Vens, özi ham, AQŞ prezidenti Donald Tramp ham keng kölamli bosqinni qoralaşini aytdi, biroq u «mojaroga barham beriş uçun boşqa tomon qaysi pozitsiyadan harakat qilayotganini tuşuniş kerakligini» ta’kidladi.

«Prezident Tramp rossiyaliklarni «Biz bu mojaroga barham beriş uçun mana şu narsalarni xohlaymiz» deyişi uçun astoydil harakat qildi. Va siz bunga qöşilmasligingiz mumkin. Ularning talablarini haddan taşqari köp deb hisoblaşingiz mumkin. Ruslar öz tinçlik şartlarini ilgari surganida, bizga ular juda köp narsani sörayotgandek tuyuldi. Ammo muzokaralar şunday olib boriladi», dedi Vens.

AQŞ vitse-prezidenti sözlariga köra, rossiyaliklar hozir mojaroga barham beriş uçun zarur bölgan muayyan talab va yon berişlarni ilgari surmoqda.

«Biz ular juda köp narsani sörayapti deb öylaymiz», deb takrorladi Vens.

Uning qöşimça qilişiça, albatta, ukrainaliklar muzokaralarda katta rol öynaydi:

«Ular mojaroning yana bir tomoni hisoblanadi. Va biz bu mojaroni muvaffaqiyatli yakunlaş uçun ukrainaliklarga nima kerakligi haqida söraşimiz lozim», dedi u.

Politico ta’kidlaganidek, Vens şu tariqa Moskvani tinçlik muzokaralariga köndiriş harakatlaridan umidsizlikning yangi belgilariga işora qildi.

Vitse-prezident Rossiya katta ehtimol bilan yon berişga majbur bölişiga şama qildi va bu Tramp ma’muriyati Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan keskinroq pozitsiyani egallaşga tayyor ekanligidan dalolat beradi.