Toşkent şahar IIBB YHXB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan munosabat bildirdi.
Videoda Lacetti rusumli avtomobil haydovçisi piyodaga yöl bermasdan harakatlangani aks etgan.
Holat YHXB xodimlari tomonidan örganilib, haydovçiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli moddasi asosida maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Şuningdek, haydovçi bilan profilaktik suhbat ötkazilgan.
YHXB haydovçilarni tartibga solinmagan piyodalar ötiş joylariga yaqinlaşganda tezlikni pasaytiriş, piyodalarga yöl beriş uçun töxtaş va ular xavfsiz ötib olganidan söng harakatni davom ettirişga çaqirdi.

















