Buyuk Britaniya apellyatsiya sudi 38 yil davomida qamoqda nohaq ötirgan 68 yoşli Piter Sallivanga nisbatan qöyilgan ayblovni olib taşladi, deb xabar beradi The Guardian.
Qayd etilişiça, erkak 1987 yilda Mersisaydda 21 yoşli florist Diana Sindallni öldirgani uçun qamalgan. Qiz zörlangan va ölguniga qadar kaltaklangan. Ayblov tomoni öşa vaqtda jinoyatni Sallivan amalga oşirganini ta’kidlagan — u mast holatda temir bölagi bilan köçaga çiqib, işdan keyin uyiga qaytayotgan qizga hujum qilgani aytilgan. Ötgan yillar davomida Sallivan özining aybsiz ekanini aytib kelgan, uning advokatlari esa ikki marotaba hukmning bekor qilinişiga uringan.
Jinoiy işlarni qayta körib çiqiş komissiyasi buyurtmasi asosida amalga oşirilgan yangi DNK ekspertiza natijalari Sallivanning aybsizligini isbotlaşda asosiy omil bölgan. Aniqlanişiça, jinoyat joyidagi genetik izlar boşqa erkakka tegişli bölib, hozirça uning şaxsi aniqlanmagan. Prokuratura vakili agar uşbu ma’lumotlar 1987 yili unda bölganida, iş umuman boşqaça tarzda yakunlangan bölişini tan olgan.
Sudya Xolroydning sözlariga köra, yangi dalillar sabab «ayblov hukmini asosli deb atab bölmaydi». Sallivan sud majlisini qamoqxonada turib, videoaloqa orqali kuzatgan.
Mersisayd politsiyasining ma’lum qilişiça, 2023 yildan beri idora 260 dan ortiq erkakni tekşirgan, ammo Sindallning tanasida DNKsini qoldirgan odam şaxsini aniqlay olmagan. Katta detektiv Karen Jondrillning sözlariga köra, politsiya aybdorni topiş uçun Jinoyatçilikka qarşi kuraş milliy agentligi bilan işlaşni davom ettiradi.
Sallivan voqeasi Buyuk Britaniya tarixidagi eng uzoq davom etgan sud xatosi böldi. Huquq himoyaçilari uni DNK ekspertizalarining yangi natijalari asosida önlab yillardan keyin oqlangan Endryu Malkinson va Viktor Nilon işlariga taqqosladi. Tergov rahbari Jyeyms Berlining aytişiça, apellyatsiya tizimi islohotga muhtoj.
Avvalroq AQŞning Massaçusets ştatida yaşovçi erkak qariyb 30 yil nohaq qamoqda ötirgandan söng 13 million dollar miqdorida tovon puliga loyiq deb topilgani töğrisida xabar berilgandi.












