Taqdimotda qayd qilinişiça, ikkitomonlama muzokaralar doirasida 33 ta mamlakat bilan bozorga kiriş böyiça muzokaralar olib borilib, bugungi kunga qadar 24 tasi bilan muzokaralar yakunlandi. Milliy qonunçilikni taşkilot talablariga uyğunlaştiriş doirasida keng kölamli huquqiy va institutsional islohotlar amalga oşirildi. Xususan, 13 ta qonun, 10 ta farmon va qaror, 19 ta Vazirlar Mahkamasi qarori va 10 ta idoralararo normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.

Jumladan, bojxona tartibotlari, eksport-import qoidalari hamda intellektual mulk sohasidagi mexanizmlar bosqiçma-bosqiç JST standartlariga moslaştirildi, davlat uluşi mavjud bölgan 6 ta korxonada eksklyuziv huquqlar bekor qilindi.

Yiğilişda davlat rahbari tomonidan JSTga a’zo böliş jarayonini jadallaştiriş hamda uni sifatli va tizimli taşkil etiş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi.

Unga köra, joriy yilda qolgan 9 ta mamlakat bilan ikkitomonlama muzokaralarni yakunlaş, Işçi guruhining 2 ta yiğilişini ötkaziş hamda Işçi guruhning hisobot loyihasini yakunlaş orqali Özbekistonning JST doirasidagi majburiyatlarini töliq şakllantiriş vazifalari aniq belgilab berildi.

Şuningdek, qonunçilikni taşkilot talablariga moslaştiriş doirasida 15 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiliş jarayonini jadallaştiriş zarurligi ta’kidlandi. Jumladan, «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi töğrisida», «Muhofaza çoralari, antidemping va kompensatsiya bojlari töğrisida» yangi tahrirdagi qonunlarni qabul qilişni tezlaştiriş hamda bu borada Oliy Majlis Qonunçilik palatasi bilan yaqindan va samarali hamkorlikni ta’minlaş Prezident tomonidan muhim vazifa sifatida belgilab berildi.

Texnik jihatdan tartibga soliş, sanitariya, fitosanitariya va veterinariya sohalarini isloh qiliş, uşbu yönalişlarda kadrlar tayyorlaş sifatini oşiriş kerakligi alohida qayd etib ötildi.