AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukrainaga nisbatan munosabatini özgartira boşladi, deb yozadi Britaniyadagi Financial Times gazetasi 14 may kungi materialida.
7 may kuni Vaşingtonda bölib ötgan taşqi siyosat forumida AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vensdan Ukraina haqida söraşganida, diplomatlar u odatdagidek Kiyevni tanqid qilişini kutişgan, ammo «mutlaqo boşqa gaplarni eşitişgan». Vens Rossiyaning Ukrainadagi uruşni töxtatiş uçun qöygan talablari haqida gapirib, şunday degandi: «Bizning fikrimizça, ular juda köp narsani söraşmoqda». Ertasi kuni Vens Fox News telekanaliga bergan intervyusida bu fikrni takrorladi va «Rossiya hali bosib olmagan hududini unga berişlariga umid qila olmasligi»ni qöşimça qildi.
Gazetaning yozişiça, Amerika rasmiylari Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan tobora köproq toqatsizlik körsatmoqda, çunki «tinçlik yölidagi eng katta tösiq [Ukraina prezidenti Volodimir] Zelenskiy emas, balki Rossiya yetakçisi bölişi mumkinligi haqida şubha kuçaymoqda». AQŞ Putinni Rossiya-Ukraina uruşida öt oçişni töxtatişning asosiy tösiği deb hisoblay boşladi, çunki Rossiya prezidenti murosaga bormayapti, deb yozadi FT.
«Amerikaliklarda şunday oddiy ğoya bor edi – keling, Rossiyani maftun qilaylik, Zelenskiyga bosim ötkazaylik va biz kelişuvga erişamiz. Ma’lum bölişiça, Rossiyani maftun qilişning özi yetarli emas ekan», – dedi nemis diplomati, Germaniyaning AQŞdagi sobiq elçisi Volfgang Işinger. U Vens Rossiya haqidagi fikrini özgartirganidan, AQŞ va Yevropa pozitsiyalari yaqinlaşganidan xursandligini ta’kidlaydi. Şu bilan birga, Işinger Amerika vitse-prezidenti «keyingi mantiqiy qadamni qöymagani» va Rossiyaga nisbatan «murvatlarni buraş» vaqti kelganini aytmaganiga ham e’tibor qaratadi.
Kuzatuvçilar fikriça, Rossiyaning murosasizligi Donald Trampni ğazablantirmoqda. «Uning sözlarida afsus sezilib turibdi. Ehtimol, u haddan taşqari köp narsa bergani va evaziga heç narsa olmaganini tuşunadi», – deydi AQŞning Rossiyadagi sobiq elçisi Maykl Makfol.
2006-2009 yillarda AQŞning Ukrainadagi elçisi bölib işlagan yana bir amerikalik diplomat Uilyam Teylorning fikriça, Putin «AQŞning dösti emasligi»ni Tramp anglab yetgan. «Unga işonib bölmaydi... u jiddiy muzokaralar olib bormayapti, degan tuşunça paydo bölgan», – dedi Teylor.
«Putin hamkorlik qilişga tayyor emasligini Tramp aniq körib turibdi. Ammo buning oqibati Putinga sezilarli bosim bölişiga işonçim komil emas», – deydi AQŞning 46-prezidenti Jo Baydenning Milliy xavfsizlik kengaşidagi Rossiya böyiça boş maslahatçisi lavozimida işlagan Karnegi fondi xodimi Erik Grin.










