Majmua hududida 5 ta fazaga bölingan elektr energiyasi bilan ta’minlaş işlari qilinişi ma’qullangan. Ammo ğiştlarni granit toşlarga almaştiriş qat’iyan rad etilgan. Madaniy meros agentligi bu şörlaniş hamda namgarçilikni oşirib yuborişini, natijada obektlarda keyinçalik salbiy oqibatlar yuzaga kelişini bildirgan. Quriliş vazirligi loyiha tayyorlanmaganini aytmoqda. Joyda esa işlar boşlab yuborilgan.

Poytaxtning Olmazor tumani Zarqaynar köçasida joylaşgan Hazrati imom majmuasida quriliş işlari boşlangan. Ayrim masjid va madrasalar joylaşgan hudud örab olinib, maydonda joylaşgan obiğiştlar olib taşlanişi, örniga granit toşlari yotqizilişi kutilmoqda. Mahalliy aholi bu bilan XVI-XX asrga oid majmuaning tarixiy körinişi yöqolib qolişidan xavotirda.

Kun.uz holatni örganiş uçun joyda bölib, mas’ullarga bir neça savollar bilan yuzlandi. Ammo quriliş boşida turgan biror vakil javob berişni istamadi. Kamera ortida ma’lumot olişga muvaffaq böldik.

Qayd etilişiça, ayni Hazrati imom majmuasidagi işlar uçun loyiha töliq tasdiqlanmagan, quriliş va loyihalaş işlari parallel olib borilmoqda.

“Davlatning [loyihasi] bölganidan keyin, masalan, kimdir kelib, nimadirni özgartiriş kerak desa, özgarib ketadi. Aniq loyiha yöq. Hozir endi ğiştni birinçi almaştiramiz deyişdi, lekin aynan qanday: granitmi, “brusçatka”mi, hali bilmaymiz.

Namuna [sifatida qöyilgan granit toş] hali tasdiqdan ötganmi yoki yöq, xabarimiz yöq”, – deydi quriliş boşqaruvçisi.

Uning qöşimça qilişiça, joyda drenaj tizimi mavjud bölmagani, yoğingarçilikda suv yiğiliş holati mavjudligi sabab ğiştlarni olib taşlaş xulosasiga kelingan.

“Özi Islom sivilizatsiya markazi qurib turib, endi atrofini obodonlaştiriş qöşib yuborildi. Özi bu [Hazrati imom majmuasidagi quriliş] yöq edi.

Taşrif bölganidan keyin, yölning çetida ham bekorga “snos”lar bölmadi, turizmni rivojlantiriş uçun bu yerda katta, çiroyli narsa qurilyapti-da, bu yerda esa turistlar yurganda yomğir yoğganida oyoğining tagi suv bölib yotadi, suv ketmaydi, masalan, bu yerda Hayit kunlari namoz öqiladi. Talabga javob bermayapti”, – deydi u.

Şuningdek, vaziyat haqida biliş uçun tahririyat Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi bilan ham boğlandi. Vazirlik matbuot xizmatiga köra, maydondagi obiğiştlarni almaştiriş böyiça loyiha hujjatlari tayyorlanmagan. “Loyiha bölmagandan keyin, iş ham bölmaydi. Bu masalada Madaniy meros agentligidan izoh olingani ma’qul” dedi rasmiy vakil.

Qiziq jihati, agentlik mas’uli maydondagi obiğiştlarni granit toş bilan qoplaşni qat’iyan rad etganini bildirdi. Hozirça tasdiqlanmagan, ammo qabul qilinişi kutilayotgan ilmiy-ekspertlar kengaşi xulosasiga köra, Hazrati imom majmuasi tarkibidagi Möyi Muborak va Baroqxon madrasalari, Tillaşayx va Namozgoh masjidlari hamda Abu Bakr Kaffol Şoşiy maqbarasi joylaşgan hududda 5 ta fazaga bölingan elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlaş işlarini amalga oşiriş loyihasi ma’qullangan.

Biroq hududdagi mavjud obiğiştlar örniga granit toş qoplaş taklifi majmuada şörlaniş hamda namgarçilikni oşirib yuborişi, bu bilan esa madaniy meros obektlarida keyinçalik salbiy oqibatlarni keltirib çiqarişi sabab qaytarib yuborilgan. Agentlik obiğiştlarni qayta restavratsiya qilişni tavsiya etgan.

Umuman olganda, Xastimom majmuasi hududida ğalati işlar bölyapti: quriliş uçun loyiha yöq deyilgan bölsa-da, atrofi örab olingan, begonalar kiritilmayapti, xalq orasida musulmon ğişt deyilayotgan, mas’ullarning ta’biri bilan aytganda obiğiştlarning taqdiri mavhumligiça qolmoqda.

Namuna sifatida ğişt ustiga granit terib qöyilganiga diqqat qilinsa, bu loyiha amalga oşadiganday körinadi köproq.

Bu holat bir paytlar poytaxtning sobiq hokimi Jaxongir Ortiqxöjayevning Kosmonavtlar metro bekati yonida tuppa tuzuk turgan marmar toşlarni oldirib, örniga eskisidan köpam farq qilmaydigan boşqa qoplama töşagani voqeasini eslatib yubormoqda.

Ma’lumot uçun, Hazrati imom majmuasi 2019 yilda hukumatning tegişli qarori bilan madaniy meros obektlari qatoriga kiritilgan. Unda qanday quriliş, restavratsiya yoki rekonstruksiya işlari qilinsa, taşkilotlar avvalo Madaniy meros agentligining ilmiy-ekspertlar kengaşi xulosasini olişi talab qilinadi.