25 aprel kuni Turkiyaning Istanbul şahri aeroportining xalqaro yölovçilarni qabul qiliş zalida ötkazilgan tekşiruvlar çoğida Qozoğistonning Çimkent şahridan uçib kelgan 3 nafar ayol töxtatildi.
Ular özbekistonlik Aziza B., Dilsora A. va Firuza K. ekani aytilmoqda. Gumonlanuvçilarning yuklari tekşirilgan, ammo heç narsa topilmagan. Ammo rentgenogrammada ayollarning beli sohasida qattiq jismlar borligi aniqlangan.
Jiddiy şubhalar tufayli gumonlanuvçilar prokuraturaning körsatmasi bilan rentgen tekşiruvidan ötiş uçun şifoxonaga olib borilgan. Rentgen nurlari ham ayollarning jinsiy a’zolarida qandaydir narsalar borligini körsatgan.
Gumonlanuvçilar ayol politsiyaçilar nazorati ostida maxsus hududda tintuv qilingan va jinsiy a’zolaridan tillalar olib taşlangan.
Ta’kidlanişiça, ayollarning jinsiy a’zolaridan jami 120 dona turli oğirlikdagi, umumiy oğirligi 6 kilogramm 28 gramm bölgan tilla tangalar olingan.
Oltinlar Huquqbuzarliklar profilaktikasi va tergov byurosi guruhlariga topşirilgan. Hodisa yuzasidan tergov davom etmoqda.
Turkiyada oltin kontrabandasi qonunga köra qattiq jazolanadi. Hatto kiçik qoidabuzarliklar ham jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin, jumladan jarima yoki qamoq jazosi. Mamlakatga qiymati 15 ming AQŞ dollarigaça bölgan qimmatbaho metallar va toşlardan yasalgan zargarlik buyumlarini, agar ular tijorat maqsadlarida emas, şaxsiy foydalaniş uçun bölsa, bojsiz va soliqsiz olib kirişga ruxsat etiladi.
2024 yil oktyabrda tanasiga oltinni yaşirib, Turkiyaga kirmoqçi bölgan özbekistonlik ayollar uşlangan edi.









