Sahro: çeksizlik va gözal manzara boşlanadigan bepoyon maskan
Dunyodagi eng katta qum sahrosi – Rub-al-Xali barxanlari böylab moziy nafasini his eting. Hayratlanarli joylarni qidirayotganlar uçun Ar-Riyod yaqinidagi maşhur Dunyo Çegarasi (Edge of World) ajoyib joy. Bu yerda qoyalar bir zumda Arab platosining tubsiz kengliklariga ulanib, hayratlanarli manzaralarni oçib beradi.
Mamlakat tarixi bilan tanişiş uçun Saudiya davlatining beşigi va YuNeSKOning Jahon merosi röyxatiga kiritilgan qadimiy Diriyaga taşrif buyuring. Qadimiy köçalar, an’anaviy qahvaxonalar va me’morçilik muhiti Sizni mamlakat afsonalari va madaniyati ummoniga çömdiradi.

Qizil dengizdagi haşamatli kurortlar
Sarguzaştlar dam oliş istagiga almaşganida, albatta Qizil dengizga boring, u yerda Sizni dunyodagi eng haşamatli kurortlar kutmoqda:
— Desert Rock Resort. Dam oliş maskani Hijoz toğlari orasidagi vodiyda - Qizil dengiz xalqaro aeroportidan 20 daqiqalik masofada joylaşgan. Bu tom ma’noda sahro qoyalariga qurilgan haqiqiy me’moriy asardir. Panorama manzaralar, atrofdagi landşaftga uyğunlaşgan noyob villalar - tabiat bilan uzviy boğliqlikni saqlab turadi. Bu kurort nafaqat dam oliş, balki osoyiştalik muhitiga singib ketişni anglatadi. Faol dam oliş kunlaridan söng, quyoşning ufq bösağasida faqat Siz uçun atalgan hovuzda dam oliş yoki yulduzli oçiq sahro osmoni ostida ajoyib keçki ovqatlardan bahramand böliş mumkin.
— Shebara Resort - oq plyajlar va firuza lagunalari mavjud sohildagi jannat. Dam oliş maskani Jiddadan 500 km şimolda, Al-Vajh lagunasidagi yagona Şaybara orolida joylaşgan. Orol marjon riflari bilan öralgan bölib, ular snorkeling va dayving uçun juda mos keladi. Panorama oynali keng villalar plyaj tomonga qaragan bölib, individual xizmat va nafis taomlar sokinlik, qulaylik muhitini yaratadi. Bu yerda Sizni suv sarguzaştlari, yaxta sayohatlari va gulxan atrofidagi unutilmas oqşomlar kutmoqda.
— Six Senses Southern Dunes - individuallik, gözal tabiat va nafis xizmatni qadrlovçi nozik did egalari tanlovi. Umlajdan 100 km şimoli-şarqda joylaşgan Haff qum tepaliklari orasida yaşiringan bu kurort mehmonlarga nafaqat alohida terrasali keng villalar, balki qadimiy Şarq an’analari asosida işlab çiqilgan yuqori darajadagi SPA dasturlarini ham taklif etadi. Gastronomiya ixlosmandlari an’anaviy milliy taomlar va mualliflik oşxonasini taqdim etuvçi restoranlarda lazzatli taomlardan bahramand bölişlari mumkin. Bu yerda har tong bepoyon qum tepaliklarining sokin manzarasi va bir finjon yoqimli arab qahvasi bilan boşlanadi.












