Yevropa Ittifoqi kengaşi Rossiyaga qarşi sanksiyalarning 17-paketini tasdiqladi. YeIning taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallasga köra, sanksiyalar Kremlning «deyarli 200 ta soyadagi tankeriga» ta’sir körsatadi.
«Yangi çoralar, şuningdek, gibrid tahdidlar va inson huquqlariga qaratilgan. Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar ustida ham iş olib borilmoqda. Rossiya uruşni qança uzoq davom ettirsa, bizning javobimiz şunçalik qattiq böladi», — deb yozadi Kallas X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.
«Soyadagi flot»dan taşqari, 35 ta kompaniyaga nisbatan ham çeklovlar qabul qilingan. Ular orasida Rossiya harbiy zavodlariga qurol işlab çiqarişda zarur böladigan komponentlarni yetkazib beradigan Qozoğiston, Özbekiston, Serbiya, Turkiya va BAAdagi kompaniyalar ham mavjud. Şuningdek, «Surgutneftegaz», «VSK» suğurta kompaniyasi va harbiylar uçun dronlar işlab çiqaruvçi markaz ham çeklovlarga uçradi.
«KamAZ» boş direktori Sergey Kogoninga qarşi ham çeklovlar közda tutilgan. Şuningdek, inson huquqlarini buzgani uçun 28 kişi «qora röyxat»ga kiritiladi. Ular orasida siyosiy mahbus Aleksey Gorinovga hukm çiqargan sudya Olesya Mandeleyeva va uşbu sud jarayonida davlat ayblovçisi sifatida qatnaşgan Svetlana Juravlyova ham bor. Qolganlar ham sudyalar, prokurorlar, tergovçilar va bir nafar Jazoni ijro etiş federal xizmati amaldori hisoblanadi.
Şuningdek, «Kimyoviy qurollarni tarqatiş va ulardan foydalaniş» bilan boğliq alohida röyxat ham tasdiqlandi. Uning tarkibiga Rossiya Mudofaa vazirligining Radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qöşinlari va ikkita idoraviy ilmiy-tadqiqot institutlari kiritilgan.









