Rossiya harbiylari 25 mayga ötar keçasi Ukraina böylab ballistik raketalar va dronlar qöllagan holda yopirilma hujum amalga oşirdi, unda 300 ga yaqin dron va 70 ta raketa qöllangan.
Zarbalar oqibatida mamlakat böylab kamida 12 kişi halok bölib, 60 dan ortiq kişi yaralangan.
Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmatiga (FVDX) köra, 13 region zarbalar ostida qolgan: Kiyev şahri va Kiyev oblasti, şuningdek, Jitomir, Xmelnitskaya, Ternopol, Dnipropetrovsk, Mikolayiv, Odessa, Xarkiv, Çernihiv, Çerkass, Sumi va Poltava oblastlari.
Kiyev şahrida Rossiya hujumi oqibatida 11 kişi yaralangan. Goloseyevskiy rayonida yotoqxona va köp qavatli uy binolari, Dniprovskiy rayonida — xususiy uy, Şevçenkovo rayonida — köp qavatli turar joy binosi şikastlangan.
Ukraina FVDXga köra, Kiyev oblastida tört kişi halok bölgan, 16 kişi yaralangan, şundan uç nafari bolalar.
Jitomir oblastida 8, 12 va 17 yoşlardagi uç bola halok bölgan. 12 kişi, jumladan bir bola yaralangan.
Xmelnitskaya oblastida oltita turar joy binosi vayron bölgan, 20 dan ortiği — şikastlangan. Tört kişi halok bölib, beş kişi yaralangan. Şifokorlar jabrlanuvçilardan birining ahvoli oğir ekanini ma’lum qilgan.
Mikolayivda dron beş qavatli uyga urilgan. Qutqaruvçilar xarobalar orasidan 1948 yilda tuğilgan keksa yoşli erkak jasadini topişgan. Beş kişi, jumladan, ösmirlar yaralangan. Xarobalar ostidan çiqarib olingan ikki ayoldan biri oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Ukraina FVDX
Ternopolda «Kalibr» rusumli qanotli raketa sanoat korxonasiga kelib tuşgan. Taxminan 1000 metr kvadrat maydon yonğin içida qolgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yöq.
Çernihiv oblastida dronlar va raketalar zarbasi oqibatida omborlar va noturar binolar yonib ketgan. Yonğinlardan birining maydoni 1000 metr kvadratga yetgan. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot yöq.















