Mavsumning ilk klasikosi oldidan: kim qanday holatda?
|19:094 53113 min
«Real»ga qanday omillar yordam berişi mumkin? Kataloniyaliklarning muammolari qançalik jiddiy?
Foto: Getty imagesFoto: Getty images
«Çempionat» kolumnisti Dmitriy Bajanov haftaning asosiy öyinidagi 5 ta muhim omilni körib çiqdi.
«PSJ»dan uçralgan mağlubiyatga qaramay, «Barselona» hamon qörqinçli raqib bölib qolmoqda. La Ligada bu kabi tomoşabop öyin körsatadigan boşqa jamoa yöq. Çempionlar ligasida ham barçasi nazorat ostida. Kataloniyaliklar «PSJ» bilan öyingaça dastlabki ikki turda «Feyenoord» va «Galatasaroy» darvozasiga jami töqqiz gol urişgandi.
Bu vaqtda esa Mourinio hali «Real» öz öyinini qurib olgani yöq. Jamoa YeÇLda hozirça yöqotişsiz ketayotgan bölsa-da, «Roma»ga qarşi öyinda qiyin ahvolga tuşib qolgandi va faqat sönggi daqiqalardagi kambek evaziga mağlubiyatni ğalabaga aylantirgandi. La ligada esa allaqaçon «Betis» va «Atletiko»dan mağlub böldi. Sevilyadagi öyinda madridliklar mağlubiyatdan qutulib qolişi ham mumkin edi (Karlos Espining supergoli bekor qilindi, Kilian Mbappe penaltini urolmadi), derbida esa raqibga şunçaki kuçi yetmadi. Antonio Ryudigerning öyin oxiridagi goli amalda heç narsani özgartirmadi.
Endi esa oldinda klasiko. Agar «Barselona» ğalaba qozonsa, «Real» bilan oradagi farqni töqqiz oçkoga yetkazadi va bu juda köp. Agar «Real» ğalabani öziniki qilsa, unda çempionlik poygasidagi intriga yuzaga keladi. Şu bilan birga, klasiko arafasida turnir jadvalida uşbu ikki jamoa örtasida joylaşgan «Atletiko» foydasiga xizmat qiladigan durang ham qayd etilişi mumkin.
Mavsum startida «Barselona» «Real»dan kuçliroqdek taassurot qoldirmoqda. Qolaversa, bu mavsumdagi dastlabki klasikoga «Kamp Nou» mezbonlik qiladi. Bu öyinga Hans-Diter Flik şogirdlari favorit sifatida bormoqda. Madridliklar bu öyinda yirik hisobda yutqazişini taxmin qilayotganlar ham kam emas.
Ammo «Real» foydasiga bölgan bir neça omillar bor. Bu avtomatik ravişda «Real» yutadi degani emas, öyinda istalgan narsa röy berişi mumkin. Şunga qaramay, Joze Mourinio jamoasini yaqqol autsayder sifatida köriş va uning yirik hisobdagi mağlubiyatini kutiş – kamida qisqa öylaş hisoblanadi.
Tajriba
«Real» foydasiga xizmat qiladigan birinçi omil – Jozening özi. Bu uning Madrid klubiga qaytgandan keyingi ilk klasikosi böladi va u bunday öyinlarga taşnaligiga şubha yöq. Mourinioning taktik uslublari eskirib qolgani va u trendlardan ortda qolgani haqida istagança gapiriş mumkin. Bu maʼlum darajada töğri fikr. Ammo u hamon jamoani alohida katta öyinga tayyorlaşni biladi. U doim buni yaxşi uddalagan va hozir ham buni esdan çiqarmagani aniq.
Mavzuga oid
Foto: Denis Doyle/Getty Images
Joze Mourinio
Ha, «Real» bu mavsumda şunday katta öyinlardan birini, «Atletiko»ga qarşi derbini boy berdi. Ammo öşa öyinni Din Hausenning çetlatilişi va Alexandro Grimaldoning penaltidan urgan goli hal qilgandi. «Real» bu ikkitalik zarbadan öziga kela olmadi.
Madridliklar son jihatdan tenglik paytida ham raqibdan kuçliroq emasdi, ammo öşa çetlatiş va darhol gol ötkaziş bölmaganida, öyin davomi boşqaça keçgan bölişi mumkin edi.
Joze navbatdagi katta öyin oldidan öşa derbi haqida eslatgan bölsa ajab emas: La Ligada bitta katta öyinni boy berib böldik, bu takrorlanişiga yöl qöyib bölmaydi. Hozirgi Mour buyuk taktik emas, ammo jamoani öz imkoniyatlarini töliq işga solişga majbur eta oladi. Qolaversa, «Real» klasikoga qatorasiga tört öyindagi ğalaba bilan kelmoqda va futbolçilar qanday kayfiyatdaligi muhim.
«Real» «Kamp Nou»da yorqin, innovatsion futbol namoyiş etişi dargumon. Katta ehtimol bilan, «qaymoqranglilar» çuqur himoyalanadi, raqib bosimiga çidaydi, taktik follar bilan «Barsa» öyinini buzişga hamda tezkor qarşi hujumlar uyuştirişga harakat qiladi. Agar yakunda bu iş beradigan bölsa, heç kim Jozeni tanqid qila olmaydi.
Vinisiz – yaxşiroq!
Tribunalarda tez-tez «No [istalgan familiyani qöyiş mumkin] – no party» yozuvli bannerlar kötariladi. «Real»da esa hozirda buning aksi: Vinisius maydonda emasligida jamoaning öyini oçiladi. Braziliyalik futbolçi klasikoda qatnaşmaydi: u «Vilyarreal»ga qarşi öyinda raqib futbolçisi Natan Salibaning soçidan tortib qolgani uçun tört öyindan iborat diskvalifikatsiyani ötamoqda. Bu esa «Real» uçun plyusdir.
Foto: Angel Martinez/Getty Images
Vinisius Junior
Vini mavsum boşidan buyon formasini tiklay olmayapti. Yozda u «Arsenal»ga ketişga yaqin edi, «Real» esa uning moliyaviy talablarini bajarib, uni olib qoldi. Ammo u hozirça rahbariyatni bu qarori uçun afsuslantirmoqda. Unda mavsum boşidan buyon atigi bitta gol bor. Sönggi golli harakatini 12-sentabr kuni amalga oşirgan – «Rayo Valekano» bilan öyinda assist muallifi bölgan. Murabbiy uni zaxiraga olganida esa noroziligini namoyiş etmoqda – «Roma» va «Leypsig»ga qarşi öyinlarda şunday holat kuzatildi. «Real» uning şartnomasini bunday öyini uçun uzaytirmagandi.
Braziliyalik futbolçi diskvalifikatsiyaga uçragani esa Mourinioga qöl kelmoqda va u yulduzli futbolçini asosiy tarkibga kiritişga majbur bölmayapti. Aytiş mumkinki, futbolçining «Vilyarreal»ga qarşi öyindagi öşa qiliği boş murabbiyni bir muammodan xalos qildi. U yöqligida Yan Diomande boşlanğiç tarkibda tuşmoqda va asta-sekin yangi jamoasiga moslaşib bormoqda.
Vini mavsum startidagi öz darajasini namoyiş eta olmayotgandi, Diomande esa, özi tuşgan öyinlarda maydondagi eng yorqin futbolçi bölmoqda va golli harakatlar amalga oşirmoqda. Uning öziga bölgan işonçi ortmoqda, klub uning transferi uçun tölagan katta mablağ bosimini his qilmayapti. U la liganing sönggi öyinlarida 2+1, YeÇLda esa 1+2 körsatkiçini qayd etdi.
Endi ivuarlik futbolçi öz skillarini dunyodagi eng asosiy öyinda ham namoyiş etişi kerak. Vinisius esa buni tribunadan tomoşa qiladi.
Himoyasiz «Barselona»
«Barselona» himoyasida jiddiy muammolar bor. Asosiy jamoada soğ holatdagi himoyaçi deyarli qolmagan. Katta ehtimol bilan, «Real»ga qarşi öyinda ham «PSJ» bilan öyindagi himoya çiziği tuşadi: Pau Kubarsi, Havi Espart, Joau Kanselu va Jerar Martin. Uning ustiga, Martin «Betis»ga qarşi öyindagi şikastlaniş bilan öynaşda davom etmoqda. Agar örniga boşqa futbolçi topilganida, Flik uni bu holatida öynatmagan bölardi.
Jyul Kunde klasikogaça tiklanişga ulgurmadi. Şuningdek, Erik Garsiya va Andreas Kristensen ham bu öyinda bölmasligi oldindan aniq edi. Flik qiyin ahvolda. «Barsa»da bunday holatlar oldin ham yuzaga kelgan va bu qiyinçiliklar murabbiyni çöçita olmaydi. U bir neça bor şunday pallalarda «La Masiya»dagi yoşlarga imkon bergan va ular keyinçalik asosiy tarkib futbolçilariga aylanişgan.
Foto: Fran Santiago/Getty Images
Hans-Diter Flik
Ammo hozir oldinda – klasiko öyini. Bu tajribalar ötkaziş uçun mos vaqt emas. Va Flikda tört pozitsiya uçun tört himoyaçi bor. Şu bilan birga, u ötgan mavsumda faqat qanotda öynagan Martinni markazda tuşirişga majbur. 19 yoşli Espart uçun esa bu faoliyatidagi ilk klasiko böladi. U asosiy jamoadagi ilk mavsumidayoq porlamoqda – öngda ham, çapda ham birdek faollik körsatmoqda va ançadan buyon asosiy tarkib futbolçisi bölgandek körinmoqda. Ammo Espart asosiy jamoada endigina 14 öyinda maydonga tuşgan. Unda katta öyinlar tajribasi mavjud emas.
Alexandro Baldening tajribasi Espartnikidan köproq. Ammo uning bu mavsumdagi öyin vaqti atigi 28 daqiqa. Flik oğir jarohatdan endigina tiklangan futbolçini birdaniga maydonga taşlay olmaydi. Bundan taşqari, Balde – faqat qanotga ixtisoslaşgan futbolçi. U zarurat tuğilganda faqat Espart yoki Kanseluni almaştira oladi. Martin yoki Kubarsi öynay olmasa, u nima qilişi nomaʼlum.
Flik bu vaziyatdan ham çiqib ketişi mumkin. Ammo, yuqorida aytilganidek, uning özi ham akademiya tarbiyalanuvçilarini sinab köriş uçun klasiko emas, oddiyroq öyinni afzal körgan bölardi.
«Barsa» yetakçisiz qoladimi?
Rafinya muntazam ravişda «Real» darvozasiga gol urib keladi. U öz faoliyatidagi 13 ta klasikoda jami yetti gol urgan. Uşbu braziliyalik vatandoşi Vinisiusdan farqli ölaroq, yangi mavsumni ajoyib boşladi: dastlabki sakkiz öyinda raqiblar darvozalarini 14 bor işğol etdi! Ammo şundan keyin xalqaro tanaffus yuzaga keldi va terma jamoa yiğinidan jarohat bilan qaytdi.
Rafinya allaqaçon maydonga qaytişga ulgurdi. Flik uni avvaliga «Betis» bilan öyinda 20 daqiqa öynatdi, «PSJ»ga qarşi öyinda esa boşlanğiç tarkibga ham kiritdi (60-daqiqada zaxiraga olindi). Parijdagi öyin oldidan «Barselona»ning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Rafinyaning surati «Sizning qörqinçli tuşingiz şu yerda» yozuvi bilan eʼlon qilindi. Ammo u «PSJ» uçun heç qanday dahşat tuğdira olmadi. Futbolçi maydonda deyarli körinmadi, özida yuzaga kelgan yagona imkoniyatni qöldan çiqardi va hisob 1:1 ekanida maydonni tark etdi.
Foto: Franco Arland/Getty Images
Rafinya «PSJ»ga qarşi öyinda
Rafinya «Real»ga qarşi öyinga qanday holatda kelişi «Barselona» uçun juda muhim. Agar u hali ham formasini tiklay olmagan bölsa, «Barsa» hujumi bundan jiddiy zarar köradi. Braziliyalik vinger yaxşi sport formasida ekanida maydonda istalgan işni qila olardi: vaziyatlardan aʼlo darajada foydalanadi, şeriklari uçun vaziyatlar yaratadi va maydon böylab köp yuguradi. Qolaversa, u jamoa sardori va yetakçisi. Albatta, Flik va «Barselona»ning barça muxlislari bunday futbolçisi klasikoda maksimal tayyor holatda bölişini istaydi.
Aslida vaziyat qandayligini faqat öyin boşlanganidan keyin biliş mumkin. Lekin şunisi aniqki, agar Rafinya hali eng yaxşi holatiga qayta olmagan bölsa, bu «Real»ning işini sezilarli darajada osonlaştiradi.
Mbappe: buyuklik sari yöl
Mbappe va Vinisius dilemmasiga (kim jamoada asosiyroqligi haqidagi savolga) hali yeçim topilmagan. Himoyaga yordam bermaydigan va hujumda ham bir pozitsiyani talaşib qoladigan bu futbolçilarning bir vaqtda maydonda bölişi ham katta öyinlarda köp pand bergan. Bungaça birorta klasikoda faqat Mbappe boşlanğiçda bölib, Vini bölmagan holat kuzatilmagandi. Faqat bir marta braziliyalik vinger startda tuşib, fransuz hujumçisi zaxiradan qöşilgan holat bölgandi.
Endi esa Mbappe ilk daqiqalardan maydonga tuşadi, Vinisius esa zaxiradan ham tuşmaydi. Öz özida hujumdagi asosiy rol Kilianniki böladi. U endi jamoadagi asosiy yulduz maqomini kim bilandir bölişişi yoki buning uçun kim bilandir kuraşişi şart bölmaydi. U avvalboşdan – jamoasining maydondagi birinçi raqamli futbolçisi böadi. Va öyin uçun reja unga qarab tuziladi.
«Barsa» bilan öyin Mbappe uçun Vinisiusni jamoadagi maqom böyiça ortda qoldiriş imkoniyati. Bu mavsumda Kilian şusiz ham barça yönalişlarda Vinidan ança oldinga çiqib ketgan. Fransuz hujumçisi allaqaçon 12 ta gol urişga ulgurdi, braziliyalikda – bittagina gol.
Ammo Mbappe klasikoni ham özi hal qiladigan bölsa, Vinisius yöqligida natija körsatadigan bölsa, bu uni yanada yuqori poğonaga olib çiqişi aniq. Nima bölganda ham «Elçe», «Rayo Valekano» yoki «Leypsig» kabi raqiblarga qarşi öyinlarda statistikani yaxşilaş boşqa iş, «Barselona»dek raqibga qarşi öyinda öz darajasini körsatiş – butkul boşqa iş. Raqibni oldinga ötkazib yubormaslik şart bölgan şaroitda esa bunday qahramonlikning ahamiyati yanada oşib ketadi.
Agar şunday bölib çiqsa, Vini diskvalifikatsiyani ötab qaytganida nafaqat asosiy yulduz maqomi uçun, balki asosiy tarkibga kiriş uçun ham kuraş olib borişiga töğri keladi.