Hujjat bilan prezidentning PF-88-son farmonini ijro etiş vazifalari belgilandi. Ular 2025 yil 1 iyuldan respublikaning 15 ta tuman (şahar)larida, Samarqand viloyatida esa 2026 yil 1 yanvardan soğliqni saqlaş tizimini taşkil etişning yangi modeli tajriba-sinov loyihasini joriy etişga yönaltirilgan:

  • birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tubdan qayta körib çiqiş orqali oilaviy poliklinikalarda körsatiladigan tibbiy xizmatlar sifat va samaradorligini oşiriş;
  • tibbiy yordam körsatişda tibbiyot muassasalari, aholi va tibbiyot xodimlarini aniq vazifalar, huquq va majburiyatlar bilan ta’minlaş;
  • tibbiyot xodimlarining bilim va malakasini oşiriş, ularning mehnatiga munosib haq tölaş tizimini joriy etiş;
  • aholiga tibbiy xizmatlar körsatişda qisqa muddatli çoralarni öz içiga olgan "Tibbiyotda 90 kunlik özgarişlar" dasturini amalga oşiriş.

Tuman (şahar) soğliqni saqlaş bölimlari amaldagi birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini xatlovdan ötkazadi va ularni Tajriba-sinov loyihasi talablariga muvofiq yuridik şaxs maqomiga ega tegişli tipdagi oilaviy poliklinika şaklida qayta taşkil etadi.

Köp tarmoqli markaziy poliklinikalar markaziy şifoxonalarning maslahat-diagnostika bölinmalariga aylantiriladi.

Tuman (şahar) soğliqni saqlaş bölimlari – mustaqil balansga, şaxsiy ğazna hisobvaraqlariga va davlat gerbi tasviri tuşirilgan muhrga ega davlat boşqaruvi organi. Öz faoliyatida tegişli tuman (şahar) hokimligi va soğliqni saqlaş boşqarmasiga böysunadi.

Tuman (şahar) soğliqni saqlaş bölimlari xodimlariga hujjat bilan tasdiqlangan tarif razryadlari qöllangan holda iş haqi hisoblanadi. Bunda tuman (şahar) soğliqni saqlaş bölimlariga böysunuvçi tibbiyot muassasalari tomonidan pulli asosda körsatilgan tibbiy xizmatlardan tuşumlarning 2 foizi uşbu bölimlarning budjetdan taşqari rivojlantiriş jamğarmasiga ötkaziladi.

Tajriba-sinov loyihasi doirasida oilaviy poliklinikalar quyidagilarni amalga oşirişga majbur:

  • tibbiyot brigadalari va biriktirilgan aholi örtasida kelişuv tuziş;
  • kafolatlangan paket doirasida tibbiy xizmatlarni öz vaqtida va sifatli körsatişni ta’minlaş;
  • biriktirilgan aholi soni asosida Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi bilan xarid şartnomalari tuziş;
  • autsorsing asosida oilaviy şifokor, pediatr, stomatolog, akuşer-ginekolog va diagnostika böyiça mutaxassislarning xizmatlarini körsatişni joriy etiş;
  • oilaviy şifokorlar faoliyatini ular xizmat körsatayotgan aholi soni asosida muntazam baholaş;
  • individual davolaş va soğlomlaştiriş dasturlariga muvofiq kafolatlangan paket doirasida aholini zarur dori vositalari bilan bepul ta’minlaşni yölga qöyiş va h.k.

 
2025 yil 1 iyuldan boşlab respublikaning barça davlat tibbiyot muassasalarida kasalliklarning oğirlik darajasi va davolaşning murakkabligidan kelib çiqib maxsus könikmalarni talab qiladigan davolaş çoralari va yuqori xavf darajasidagi amaliyotlarni samarali amalga oşirgan şifokorlarga oylik lavozim maoşlarining 25 foizidan 100 foizigaça ustama tölaş tizimi joriy etiladi.

Qaror bilan Tajriba-sinov loyihasi doirasida tibbiyot muassasalarini ta’minlaş uçun axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalari röyxati tasdiqlandi.

Tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari va tuman (şahar) markaziy şifoxonalarining şifokor va örta tibbiyot xodimlari şaffof ötkaziladigan imtihonlar asosida işga qayta rasmiylaştiriladi.

2025 yil 1 iyundan boşlab dastur doirasida tibbiyot muassasalarida aholi uçun qulay şaroitlar yaratiş va uning tibbiyotga bölgan işonçini oşiriş maqsadida qisqa muddatda:

  • tibbiyot muassasalarida kutiş zallari taşkil qilinadi, ular örindiqlar bilan ta’minlanadi, qulay röyxatxonalar taşkil etiladi, onlayn qabulga yoziliş imkoniyatlari kengaytiriladi;
  • "Ona va bola" xonasi taşkil qilinadi, xonalar va yölaklar tejamkor zamonaviy yoritiş qurilmalari bilan jihozlanadi;
  • sanitariya-gigiyena xonalari ta’mirlanadi, ular şaxsiy gigiyena vositalari bilan ta’minlanadi.