Kun.uz'ga Namangan viloyati Uçqörğon tumanida yaşovçi fuqaro N.Burhonova murojaat qilib, farzandi uçun aliment tölovlarini ololmayotganini bildirdi. Murojaatçiga köra, Uçqörğon tumani hokimligida işlovçi Temurmalik Rustamov 3 yoşli farzandi uçun bir neça yillik aliment tölovlarini tölamasdan yuribdi.
«Farzandim tuğilganidan keyin uzoq vaqt birga yaşolmadik. 2022 yilda ota uyimga qaytdim, sentabr oyida aliment uçun ariza berdim. Alimentga berganimdan keyin iş bir oyda MIBga çiqdi.
Meni yana qaytarib olib ketişdi, oktyabrdan aliment işi töxtatildi. Keyin yana uyimga qaytarib yubordi. Bundan keyin ham bir neça marta uyiga olib ketib, uylarni yiğiştirgizib, qaytarib yubordi. Şundan keyin Uçqörğon tuman MIB rahbariga uçradim, oldingi vaqtlar uçun ham aliment qarzdorligini tikladik. Şundan söng maşinasini sotib yubordi. Özi va oilasining moddiy ahvoli yaxşi, Temurmalik Rustamovning nomida heç qanday mulk yöq», deydi murojaatçi.
N.Burhonovaning aytişiça, Uçqörğon tuman hokimligiga murojaatdan söng hokimlik xodimi 2024 yil avgust oyidan beri aliment tölaşni boşlagan. Lekin uning böynida 16 million sömdan ortiq aliment qarzdorligi bor.
«Temurmalik Rustamovning alimentdan qarzdorligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda bir neçta xabarlar çiqarganimdan keyin sobiq qaynonam Q.U. mening ustimdan Çust tuman IIBga şikoyat qilibdi», deydi murojaatçi.
Çust tumani «Birlik» MFY profilaktika inspektori, katta leytenant Anvar Abdurahimov haqiqatda ham N.Burhonova ustidan 102 raqami orqali şikoyat kelib tuşganini tasdiqladi. Lekin şikoyat mazmunini oçiqlay olmasligini bildirdi.
Uçqörğon tumani hokimligi matbuot kotibi Rasuljon Madrahimovning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, Temurmalik Rustamov haqiqatda hokimlikda işlaydi.
"U 2020 yilda öşa vaqtda tuman hokimligi mas’ul bölgan 1-sektorda işlagan. Keyin işonçni oqlamagani uçun sektordan olinib, tumandagi mahallalardan birida yoşlar yetakçisi etib tayinlangan. U joyda ham 2 oy davomida işlab, işdan olingan. U 2020 yilda yoşlar yetakçiligidan ketgaç, işsiz yurdi.
Temurmalikning bolalari uçun aliment qarzdorligi borligidan xabarimiz bor. Farzandlariga aliment tölaşi kerakligi uçun 2024 yil noyabr oyida hokimlikka jamoatçilik asosida işga oldik. Işlab, oyligidan alimentga berib turadi. Tuman hokimligidagi dekretga çiqqan kotiba örniga işlayapti. Kotiba qaytsa, bu işidan ham ketadi», deydi hokimlik rasmiysi Rasuljon Madrahimov.









