Aiphoria kompaniyasi Özbekistonda özbek tilida tabiiy muloqot qila oladigan sun’iy intellekt (SI) agentlarini taqdim etdi.

Mazkur yeçim nafaqat köplab murakkab til va lingvistik tösiqlarni yengdi, balki mahalliy talablarga moslaşgan yuqori sifatli nutq texnologiyasini yaratişda muhim qadam böldi. Loyiha 2024 yilda Aiphoria kompaniyasi tomonidan Özbekistondagi yetakçi banklardan biri bilan hamkorlikda sun’iy intellektga asoslangan, töliq avtomatlaşgan ovozli agentlar yaratiş maqsadida boşlangan edi. Buning uçun bank mutaxassislaridan iborat jamoa tuzildi va jalb qilindi.

Loyiha doirasida özbek tilidagi real muloqotlar — hududiy şeva, urğu va rus tili aralaşgan holatlar — inobatga olinib, maxsus ovozni aniqlaş (ASR), ovoz sintezi (Ts) va katta til modellari (LLM) asosidagi yeçim işlab çiqildi. Aniq nutqni tuşuniş tizimini işlab çiqişda asosiy diqqat bankning call-markazi orqali jamlangan real, anonimlaştirilgan audio ma’lumotlarga qaratildi. Oçiq manbalar va real sörovlar asosida maxsus belgilaş va normallaştiriş işlari olib borildi.

Belgilaş jarayonida tilşunoslar, muharrirlar va call-markaz xodimlari iştirok etdi. Ular yordamida 7000 dan ortiq normallaştiriş qoidalari bazasi şakllantirildi. Leksikada bankka xos terminlar — masalan, “annuitet tölovlari”, “KATM” kabi atamalarga alohida e’tibor berildi.

Muloqotning real yeçimiga erişiş uçun aktrisalar tomonidan 100 soatdan ortiq turliça uslubda öqilgan matnlar joylaştirilib, uç xil ovoz ohangi — döstona, neytral va qat’iy — turli muloqot vaziyatlari uçun yaratildi. Söngra neyron tarmoq asosidagi ovoz sintezi modellari tayyorlandi va call-markaz “veteranlari” tomonidan baholandi.

Natijada bankda Collection Agent kabi AI-xodimlar joriy etildi. Uşbu agent qönğiroqlarning 40% gaça uluşini qayta işlab, insonga nisbatan 10 barobar samarali faoliyat körsatmoqda. Bunday agent iş haqi talab qilmaydi, kasal bölmaydi va har doim xizmatga tayyor. Eng muhimi, u yuqori samaradorlik bilan real muloqot qiliş qobiliyatiga ega.

Bu loyiha nafaqat texnologik jihatdan yuqori darajadagi yeçim, balki Özbekistonda sun’iy intellektni lokallaştiriş böyiça ilk muvaffaqiyatli tajribalardan biri sifatida tarixga kirişi mumkin.