Dard - iroda manbai

Hamid Sodiq uçun dard şaxsiy şikoyat emas, insonga xos holat. «Içimizda yengib bölmaydigan şunday bir dard borki, mana şu dardning atrofida qandaydir bir iroda vujudga keladi», deydi u.

Bu dard anglab bölmas soğinçga öxşaydi. Uni anglaşga intiliş esa tuganmas kuç beradi. Bu anglaşning bir şingilini baʼzan Arastu, Seneka yoki Suqrotning satrlarida uçratasiz. Mehmonning öz yöli ham şu dard bilan belgilangan: huquqdan siyosiy tafakkurga, undan tarjimaga.

Ziyoli kim: bilimli odammi yoki ğoya uçun yaşaydigan inson?

Suhbatning muhim qismlaridan biri ziyoli insonning jamiyatdagi örniga bağişlandi.

Hamid Sodiq ziyolilikni faqat diplom, ilmiy daraja, köp kitob öqiş yoki jamoatçilik oldida maşhur böliş bilan ölçaş töğri emasligini taʼkidladi.

Uning qaraşiça, ziyoli mavjud voqelikni tuşuntiriş bilan çeklanmasdan, uni baholaş uçun mustaqil fikriy mezonlarga ham ega bölişi kerak. Bu esa jamiyatda hukmron bölgan qaraşlarni, hatto özining avvalgi xulosalarini ham qayta körib çiqişga tayyor turişni talab etadi.

Bunda ziyolining davlat va jamiyatga munosabati ham muhokama qilindi. Sodiqning fikriça, intellektual mustaqillik davlatga qarşi böliş degani emas. Aksinça, ziyoli siyosiy hokimiyat, ijtimoiy mavqe yoki ommaviy kayfiyatdan mustaqil ravişda fikr yurita olişi lozim.

Suhbat davomida ğoyaga sadoqat masalasi ham kötarildi. Hamid Sodiq insonning öz prinsiplari uçun tavakkal qilişga tayyorligini muhim xususiyat sifatida kördi.

Biroq boşlovçi bunday yondaşuvning xavfli tomonini ham savol ostiga oldi: agar inson buzğunçi ğoyaga işonsa-çi? Masalan, faşizm tarafdorlari ham öz ğoyalari yölida qurbonlikka tayyor bölgan.

Mehmon ğoyaning taʼsirçanligi uning axloqan töğri ekanini anglatmasligini izohladi. Uning taʼkidlaşiça, jamiyat özi rad etadigan ğoyalarni ham jiddiy örganişi, ular qanday şaroitda paydo bölganini va qanday qilib taʼsir kuçiga ega bölganini tuşunişi kerak.

Bu örinda bahs ğoyalarga kör-körona ergaşiş emas, ularni anglaş va ularga fikr bilan javob qaytariş zarurati atrofida davom etdi.

«Hozirgi avlod tinimsiz taraqqiyotdan çarçadi»

Suhbatning eng bahsli qismlaridan biri zamonaviy taʼlim tizimi haqida böldi.

Hamid Sodiq qariyb 20 yil taʼlim sohasida işlaganini, şu davr mobaynida öquvçi va talabalarda öziga xos tuşkunlikni kuzatganini aytdi.

U dastlab bu holatni huquqşunoslik sohasidagi muammolar bilan boğlagan. Keyinçalik esa masalaning ildizi ança çuqurda, zamonaviy ommaviy taʼlimning falsafasida ekani haqida xulosaga kelgan.

Mehmonning fikriça, bugungi taʼlim modeli insonga doimiy ravişda yuqori natijaga intilişni örgatadi. Maktabdan keyin universitet, undan keyin magistratura, navbatdagi diplom, yuqoriroq lavozim va yana yangi muvaffaqiyat.

Biroq bu jarayonning oxirgi nuqtasi yöq.

«Hozirgi avlod, soddaroq qilib aytadigan bölsak, tinimsiz progressdan çarçadi», - deydi Hamid Sodiq.

Uning kuzatişiça, avvalgi avlodlar uçun yaxşi taʼlim oliş va yuqoriroq ijtimoiy mavqega erişiş hayot şaroitini yaxşilaşning muhim vositasi bölgan. Bugungi yoşlarning bir qismi esa ota-onasi yaratib bergan nisbatan qulay şaroitda ulğaymoqda. Şu sababli ularda avvalgi avlodlarga xos intiliş va ehtiyoj bir xil darajada namoyon bölmayapti.

Sodiq buni yoşlarning oddiy dangasaligi sifatida emas, balki taʼlim va muvaffaqiyat haqidagi tasavvurlar özgarayotganining belgisi sifatida talqin qiladi.

Albatta, bu barça yoşlarga taalluqli umumiy xulosa emas, balki mehmonning şaxsiy kuzatişlari va falsafiy qaraşlaridir.

«Haqiqiy taʼlim universitet emas, ustoz atrofida şakllanadi»

Taʼlimdagi tuşkunlikdan çiqiş yöllari haqidagi savolga Hamid Sodiq kutilmagan javob berdi.

Uning fikriça, ommaviy taʼlimning hozirgi şakli çuqur inqirozni boşdan keçirmoqda. Kelajakda esa taʼlimning yana bir modeli - ustoz va şogird munosabatiga asoslangan öqitiş kuçayişi mumkin.

Sodiq buni qadimgi faylasuflar atrofida şakllangan intellektual maktablar misolida tuşuntirdi. U Arastu va Suqrot kabi mutafakkirlarni tilga olib, haqiqiy taʼlim muayyan muassasa yoki diplom emas, bilim va ğoya taşuvçisi bölgan ustoz atrofida şakllanişini taʼkidladi.

Bugungi universitetlarda esa, uning talqiniça, köp hollarda muassasaning özi markazga çiqib, öqituvçining şaxsiyati va intellektual taʼsiri ikkinçi darajaga tuşib qolgan.

Şu bilan birga, suhbatda ommaviy taʼlimdan butunlay voz keçiş masalasi qöyilmadi. Gap çuqur fikrlaşga, mustaqil izlanişga va muayyan sohada yetuk mutaxassis bölişga intilayotgan insonlar uçun ustoz-şogird munosabatlarining ahamiyati haqida bordi.

«Sunʼiy intellekt kelişidan oldin ham fikrlaşni töxtatgandik»

Suhbat sunʼiy intellekt mavzusiga köçganida Hamid Sodiq uni faqat texnologik taraqqiyot natijasi sifatida körmasligini bildirdi.

Uning fikriça, sunʼiy intellektning keng tarqalişi insoniyat tafakkuridagi muayyan inqiroz bilan ham boğliq.

«Sunʼiy intellekt kelişidan oldin rostmana fikrlaşni töxtatgandik bizlar», - deydi u.

Sodiqning talqiniça, insonlar mustaqil fikrlaş, savol qöyiş va murakkab muammolar ustida izlanişga tobora kamroq kuç sarflayotgan bir şaroitda sunʼiy intellekt paydo böldi.

Mehmon bu texnologiyaga mutlaqo qarşi emasligini ham taʼkidladi. Uning özi ham sunʼiy intellektdan foydalanadi. Biroq texnologiyani inson tafakkurining örnini bosadigan vositaga aylantiriş xavfli deb hisoblaydi.

U buni sunʼiy intellektning mustaqil dunyoqaraşi va insoniy maʼnodagi içki dardi yöqligi bilan izohladi.

Sodiqning fikriça, insonning javoblari uning hayotiy tajribasi, eʼtiqodi, qadriyatlari va şaxsiy masʼuliyati bilan boğliq. Sunʼiy intellekt esa foydalanuvçining savoli va talabiga mos javob şakllantiradi.

Bu örinda u sunʼiy intellektning işonçli köringan, ammo notöğri maʼlumot berişi mumkinligini ham tilga oldi.

Suhbatda ayniqsa taʼlim va tibbiyot sohalari misol qilib keltirildi. Şifokor Odilxon Alimxonov sunʼiy intellekt yordamida tayyorlanayotgan ayrim ilmiy işlar sifati bilan boğliq xavotirlarini bildirdi.

Muhokamadagi asosiy savol şunday böldi: texnologiya insonga köproq bilim oliş imkonini beryaptimi yoki uning örniga fikrlaşni boşlayaptimi?

«Geosiyosat siyosatşunosni öldiradi»

Suhbatning yana bir yönalişi Özbekistonda siyosiy tahlil va geosiyosiy şarhlarga qiziqişning ortişi haqida böldi.

Boşlovçi sönggi yillarda jahon siyosatiga bağişlangan körsatuvlar va şarhlar köpaygani, biroq ularning hammasida ham çuqur tahlil va intellektual kamtarlik yetarli emasligi haqida savol qöydi.

Hamid Sodiq bu borada öz tajribasidan kelib çiqib fikr bildirdi.

«Geosiyosat siyosatşunosni öldiradi», - deydi u.

Bu keskin ibora bilan mehmon geosiyosiy voqealarni doimiy şarhlab boriş siyosatşunosni fundamental izlanişdan uzoqlaştirişi mumkinligini nazarda tutdi.

Uning tuşuntirişiça, xalqaro voqealar juda tez özgaradi. Auditoriya esa har bir yangilikka darhol munosabat bildirişni, voqea sabablari va oqibatlarini şu zahoti tuşuntirib berişni kutadi.

Natijada tahlilçi har kuni efirga çiqişga, yangi voqealarga şarh berişga majbur böladi. Bu esa fundamental kitoblarni öqiş, tarixiy jarayonlarni örganiş va voqealarni kengroq nazariy asosda tahlil qiliş uçun vaqt qoldirmasligi mumkin.

Sodiqning fikriça, bunday şaroitda siyosatşunos voqealarni çuqur tahlil qiluvçi mutaxassisdan kundalik yangiliklarga munosabat bildiruvçi şarhlovçiga aylanib qoliş xavfiga duç keladi.

U yana bir muammoga eʼtibor qaratdi: auditoriya baʼzan izçil, murakkab va nazariy asoslangan tahlildan köra sodda, tezkor va keskin xulosalarni afzal köradi.

Şu sababli siyosiy şarhlovçi auditoriya talabiga töliq böysunib qolmasdan, uning intellektual saviyasini oşirişga ham harakat qilişi kerak.

Siyosatga qiziqiş - xavfmi yoki imkoniyat?

Şu bilan birga, Hamid Sodiq Özbekistonda geosiyosiy mavzularga qiziqiş ortişini faqat salbiy hodisa deb baholamadi.

Uning fikriça, bunday muhokamalar jamiyatda siyosiy fikrlaş könikmalari şakllanişiga yordam berişi mumkin.

Hatto odamlar dastlab boşqa mamlakatlardagi siyosiy voqealarni muhokama qiliş orqali siyosatga qiziqsa ham, bu keyinçalik çuqurroq izlaniş uçun imkoniyat yaratadi.

Biroq qiziqişning özi yetarli emas. Mehmon siyosiy tahlil bilan şuğullanuvçilar fundamental adabiyotlarni öqişi, öz xulosalarini qayta tekşirişi va tanqidni qabul qilişga tayyor bölişi lozimligini taʼkidladi.

Suhbatda biror mavzuni töliq örganmasdan turib keskin xulosa çiqariş, nazariy tuşunçalarni bilmasdan şarhlaş va mutaxassislikka ortiqça işonç bilan yondaşiş ham tanqid qilindi.

Boşlovçi bu borada kitob öqiş bilan çeklanmasdan, öqilgan asarlar yuzasidan yozma mulohaza yuritiş, maqola yoziş va öz fikrlarini tartibga solişning ahamiyatiga eʼtibor qaratdi.

Ziyoli uçun eng katta xavf - özini haq deb bilişmi?

Suhbat davomida bir-biriga boğliq bir neçta masala kötarildi: inson özini qanday anglaydi, ziyolining jamiyat oldidagi masʼuliyati nimada, ğoyaga sadoqat qayerda tugaydi va mustaqil fikrlaş nimadan boşlanadi?

Hamid Sodiqning qaraşlarida bu savollarni birlaştirib turuvçi asosiy tuşunça - dard.

Uning fikriça, insonni izlanişga undaydigan içki ehtiyoj yöqolsa, bilim ham, kasbiy maqom ham, jamoatçilik oldidagi obrö ham özining asl mazmunini yöqotişi mumkin.

Mehmonning özini huquqşunos, siyosatşunos yoki tarjimon degan muayyan taʼriflar bilan çeklaşni istamasligi ham şu qaraş bilan boğliq.

Suhbatdan kelib çiqadigan muhim fikrlardan biri şuki, ziyolilik faqat boşqalarni tanqid qiliş emas. U öz bilimlari, xulosalari va xatolarini ham qayta körib çiqişga tayyor bölişni talab etadi.

«Nima dard?»ning bu galgi sonida tayyor yeçimlardan köra savollar köproq böldi. Zamonaviy taʼlim haqiqatan inqirozga yuz tutyaptimi? Sunʼiy intellekt insonni fikrlaşdan uzoqlaştiradimi? Siyosiy tahlil ommalaşişi jamiyatning intellektual saviyasini oşiramidi?

Bu savollarga turliça javob beriş mumkin. Ammo suhbatning asosiy ğoyasi - insonning mustaqil fikrlaş, şubha qiliş va haqiqatni izlaş qobiliyatini saqlab qoliş zaruratidir.

Hamid Sodiq iştirokidagi «Nima dard?» podkastining töliq sonini Kun.uz'ning YouTube sahifasida tomoşa qiling.