2023 yilda muzliklarning erişi oqibatida yöqotilgan toza suv hajmi rekord darajadagi 600 gigatonnani taşkil etdi, bu esa dengiz sathining kötarilişiga olib keldi. Bu haqda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 30 may kuni Duşanbeda muzliklarni asraş böyiça birinçi xalqaro konferensiyada aytdi.
Davlat rahbari sözlariga köra, muzliklarning tez erişi suv resurslari, iqlim barqarorligi, oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanişga ta’sir etuvçi eng keskin global muammolardan biriga aylandi.
Prezident sönggi ön yillikda dunyo toğ muzliklarining uçdan bir qismi yöqolganini, Markaziy Osiyo muzliklarining 60 foizdan ortiği jamlangan Tojikistonda 14 ming muzlikdan 1300 ga yaqini allaqaçon tiklab bölmas darajaga kelganini ta’kidladi.
«Muzlikning har bir yöqolgan zarrasi insoniyat kelajagiga tahdidni kuçaytirişga qaratilgan qadamdir», deb ta’kidladi Rahmon.
Davlat rahbari quyidagi taşabbuslarni taklif qildi:
- Tojikiston muzliklarini örganiş böyiça xalqaro ekspeditsiya ötkaziş;
- Kriosfera tadqiqotlari uçun hududiy laboratoriya yaratiş;
- Muzliklarni himoya qilişning global strategiyasini amalga oşiriş;
- Ilmiy ma’lumot almaşinuvni rivojlantiriş, şu jumladan sun’iy yöldoş ma’lumotlari orqali;
- BMT huzurida taşkil etilgan Muzliklarni saqlaş xalqaro jamğarmasini qöllab-quvvatlaş.
Imomali Rahmon Tojikiston taşabbusi bilan 2025 yil Xalqaro muzliklarni asraş yili, 21 mart esa Butunjahon muzliklar kuni deb e’lon qilinganini eslatdi. U Duşanbedagi konferensiya kriosferani himoya qiliş böyiça yangi xalqaro jarayonning boşlanğiç nuqtasi bölişiga umid bildirdi.
Anjumanda 80 ta davlatdan 2500 nafardan ortiq delegat iştirok etmoqda.












