Turkiyaning Istanbul şahri Boş prokuraturasi meriyaning 47 nafar xodimini hibsga oliş uçun order berişni ma’qulladi. Ular pora oliş va tovlamaçilikda gumon qilinmoqda, deb xabar berdi Haberturk. Hibslar şahar sobiq meri Akrom Imomöğliga qarşi qözğatilgan korrupsiya işi doirasida amalga oşirilmoqda.
Telekanal ma’lumotlariga köra, allaqaçon 31 kişi qölga olingan. Ular orasida Istanbulning ikki tumani - Beşiktoş va Buyukçekmejye rahbarlari ham bor. Tergov ma’lumotlariga köra, Buyukçekmejye meri Hasan Oqgun va uning mulozimlari şirkatlarni «sovğa sifatida» villalar va kvartiralarni berişga yoki şu nomdagi mahalliy basketbol jamoasiga «ehson» qilişga majburlagan. Ta’kidlanişiça, meriya xodimlari uşbu talablarni qabul qilmagan tadbirkorlarga qurilişga va qurilgan binolariga ruxsatnoma bermagan.
Qayd qilinişiça, bu hibsga olişlarning beşinçi tölqinidir. Mart oyida Istanbul meri Akrom Imomöğli 560 milliard turk lirasi miqdoridagi korrupsiya va firibgarlikda, şuningdek, Kurdiston işçilar partiyasi bilan hamkorlikda ayblangan edi. U lavozimidan çetlatilgan va hibsga olingan.












