Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda 23 ta ko‘p qavatli turar joy binosida seysmik jihatdan kamchiliklar aniqlandi
Surxondaryoda ko‘p qavatli uylarning seysmik holati muhokama qilindi.
Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida kengaytirilgan tartibdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda viloyat hokimligi mas’ullari boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda prezident farmoni asosida ko‘p qavatli turar joy binolarining seysmik holatini o‘rganish masalalari muhokama etildi.
Yig‘ilishda bosh boshqarma mutasaddilari va boshqa hamkor tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruhning hisobotlari tinglandi.
Ta’kidlanishicha, hozirga qadar viloyat bo‘yicha 125 ta ko‘p qavatli turar joy binosi vizual ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ularning 23 tasida seysmik jihatdan xavf tug‘diradigan kamchiliklar aniqlangan. Shu sababli ushbu binolarni instrumental texnik ko‘rikdan o‘tkazish belgilandi.
Muhokamalar so‘ngida mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. O‘rganish ishlari hududlar bo‘ylab davom etmoqda.
Mavzuga oid
20:58 / 08.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin barpo etgan bog‘ saqlab qolinadigan bo‘ldi
13:33 / 08.06.2026
Surxondaryoda ham IIB xodimi voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda
09:05 / 06.06.2026
Qurilish sohasida sun’iy intellekt joriy etiladi
09:56 / 05.06.2026