Pekinda XXR Harbiy-havo kuçlari generali Syuy Tsilyan 75 yoşida vafot etdi, deb xabar beradi Xinhua agentligi.
U 2012 yildan 2022 yilga qadar Markaziy harbiy kengaş raisi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan, ya’ni Xitoy Xalq-ozodlik armiyasidagi oliy rahbarlardan biri hisoblangan.
Ğarb OAVning yozişiça, Syuy Tsilyan XXR raisi Si Jinpingga ança yaqin bölgan. Markaziy harbiy kengaş — mamlakat armiyasining yuqori boşqaruv organi bölib, Xitoy raisi uning rahbari hisoblanadi. Syuy Tsilyan ön yil davomida uning ikki örinbosaridan biri sifatida xizmat qilgan.
Ma’lumotlarga köra, general Xitoy rahbariyatiga ta’sir ötkaza olgan. Syuy Tsilyan armiya safida 1966 yildan beri xizmat qilib kelgan, dastlab, XXRning yettita harbiy okrugidan biriga qömondon bölgan, Şimoliy qömondonlikni boşqargan va Harbiy-havo kuçlari qömondoni lavozimida ham işlagan.









