"Kazinform" xalqaro axborot agentligining Özbekiston Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga asoslanib yozişiça, şu yil yanvar-aprel oylarida mamlakat taşqi savdo aylanmasi ötgan yilning şu davriga nisbatan 16,3 foizga ösiş bilan 24,6 milliard AQŞ dollariga yetdi.

Qayd etilişiça, bugungi kunda Özbekiston 183 ta mamlakat bilan savdo qiladi. Özbekistonning asosiy savdo hamkorlari orasida Xitoy yetakçilik qilmoqda. Belgilangan davrda ikki davlat örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 4,1 milliard dollardan oşdi, bu esa umumiy körsatkiçning 17 foizi demakdir.

Tovar aylanmasi böyiça Rossiya keyingi örinda – 15,1 foiz. Yanvar-aprel oylarida uşbu mamlakat bilan import va eksport hajmi 3,7 milliard dollardan ziyod böldi.

Qozoğiston bu borada uçinçi mamlakat bölib turibdi. Yanvar-aprel oylarida Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 1,4 milliard dollarga, ya’ni 5 foizga yaqinlaşdi. Bu körsatkiç ötgan yilning şu davriga nisbatan 168 million dollarga yuqori. Xususan, yanvar-aprel oylari holatiga köra Özbekiston Qozoğistonga 405,7 million dollarlik mahsulot eksport qilgan va 986,8 million dollardan ortiq import qilingan.

2024 yilda Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 4,2 milliard dollardan oşgan. Şuningdek, Rasmiy Ostona va Toşkent özaro tovar ayirboşlaş hajmini yiliga 10 milliard dollarga yetkaziş niyati borligini bildirgan edi.