Taşrif davomida BAAning Abu-Dabi, Dubay va Ras al Hayma amirliklaridagi davlat taşkilotlari, fondlar, yetakçi kompaniyalar rahbarlari bilan uçraşuv va muzokaralar ötkazildi.

Jumladan, Jahon meteorologiya taşkiloti prezidenti, BAA Milliy meteorologiya markazi boş direktori Abdulla Ahmad Al-Mandus bilan keçgan suhbat çoğida meteorologik va iqlimiy kuzatuvlar bazasini yaratiş, Orolböyi hududining qurğoqçil iqlimi şaroitida yoğingarçilikni modifikatsiyalaş texnologiyalarini joriy etiş böyiça masalalar muhokama qilindi. Tomonlar "Yöl xaritasi" işlab çiqilişi va Milliy meteorologiya markazi mas’ullarining Özbekiston, jumladan, Qoraqalpoğistonga taşrifini taşkil etişga kelişib oldi.

Taraqqiyot fondlari va Şörlaniş şaroitida biodehqonçilik xalqaro markazi (ICBA) bilan ötkazilgan uçraşuvlar natijasida özaro hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan samarali muloqotlar natijasida qator manfaatli kelişuvlarga erişildi.

Amirliklar tomoni Qoraqalpoğistondagi mavjud konlarda hamkorlikda geologiya-qidiruv işlarini olib boriş va ekologik xavfsiz özlaştiriş, ikki mamlakat universitetlari hamda ilmiy muassasalari bilan birgalikda qöşma tadqiqot markazlari va kadrlar tayyorlaş dasturlarini taşkil etiş, energetika sohasida hamkorlikni rivojlantiriş, tibbiyot yönalişida qöşma loyihalarni amalga oşirişga qiziqiş bildirdi.