Los-Anjyeles meri Karen Bassning aytişiça, federal hukumat tartibsizliklarni bostiriş uçun Milliy gvardiya va dengiz piyoda askarlarini joylaştiriş orqali Los-Anjyelesdan «tajriba sifatida foydalanmoqda».
Jurnalistlar bilan suhbatda Bass prezident Donald Trampning Los-Anjyelesga qöşin jönatiş haqidagi qaroriga izoh berdi.
Uning ta’kidlaşiça, Tramp ma’muriyati avvalroq reydlar jinoyatçilar va order berilgan odamlarni nişonga olişini da’vo qilgan, biroq aslida rasmiylar töğridan töğri iş joylariga borgan.
«Bizga bular hibsga olinadigan odamlar ekanligi aytilmagan va men bizning şahrimiz asosan tajriba ötkaziş obekti sifatida foydalanilganga öxşaydi», dedi Bass.
Los-Anjyelesda ICE tomonidan hibsga olingan noqonuniy muhojirlarni qöllab-quvvatlaş uçun namoyişlar davom etmoqda, namoyişlar ommaviy qölga olişlar va vaqti-vaqti bilan politsiya bilan töqnaşuvlarga aylanib ketmoqda.
Prezident Tramp vaziyatni barqarorlaştiriş uçun Milliy gvardiyani safarbar etayotganini aytib, şahar ma’muriyati va demokrat gubernatorni tartibni saqlamaganlikda aybladi.








