Taksiçilar özlari xohlagan hududda kirakaşlik qiliş huquqidan mahrum etildi. Pulning qadrsizlaniş darajasi rasmiylar kutganidan köra balandroq bölyapti. Afğoniston bilan yangi bitim tuzildi, Qirğiziston bilan tuzilgan şartnoma ratifikatsiya qilindi. Kun davomida Kun.uz'da yoritilgan muhim mahalliy yangiliklar bilan taniştiramiz.

Taksilarga propiska çeklovi

Kunning boş mavzusi – taksiçilarga nisbatan propiska çeklovining kiritilgani böldi. Ma’lum bölişiça, Vazirlar Mahkamasi 2 aprel kungi qarori bilan haydovçilarni litsenziya oliş paytida qayerda taksiçilik qilişni erkin tanlaş huquqidan mahrum qilgan. Endilikda avtomobilning davlat raqami qaysi hududga oid bölsa, litsenziya faqat ana şu hudud va unga tutaş hududda taksiçilik qiliş uçun beriladi.

Bu degani misol uçun, Surxondaryo viloyatida berilgan, şu sababli “75” hududiy kodiga ega avtoraqam taqilgan maşinada faqat Surxondaryoning özida va unga tutaş Qaşqadaryo viloyatidagina taksiçilik qiliş mumkin. Lisenziya talabini buzganlik yoki litsenziya olmasdan taksiçilik qilganlik uçun – javobgarlik bor.

Qaror amaliyotda ijroga qaratilgunga qadar litsenziya olganlar hujjatning amal qiliş muddati tugagunga qadar özlari xohlagan joyda taksiçilik qilişlari mumkin. Lekin yangi litsenziya olmoqçi bölganlarda tanlaş imkoniyati yöq. Bu holat ayniqsa Toşkent şahriga eng köp ta’sir qiladi: poytaxtga viloyatdan kelib qonuniy kirakaşlik qiluvçilar kamayişi ortidan taksi narxlari oşişi mumkin.

Bir qator jamoatçilik faollari bu qarorning Konstitutsiyaga zidligini aytmoqda. Xalq demokratik partiyasi ham şunday fikrda ekanini bildirdi. Partiya bayonotiga köra, taksiçilar faoliyatiga hududiy çeklovlar qöyiş – Özbekiston Konstitutsiyasining 67- va 42-moddalariga zid. Partiya şu munosabat bilan transport vaziri Ilhom Mahkamovga sörov yubordi va uni parlamentdagi hukumat soatiga çaqirdi.

Pulning qadrsizlanişi

Toşkentda oxirgi 1 yilda pul 18,5 foizga qadrsizlanib ketdi. Markaziy bank ötkazgan sörovda qatnaşgan poytaxtliklar ana şunday fikrda. Namangan, Sirdaryo va Jizzaxda yaşovçilar esa sönggi bir yillik inflatsiyani örtaça 15 foizdan balandga baholamoqda. Respublika böyiça aholi örtasida sezilgan inflatsiya körsatkiçi 14,5 foizni taşkil etdi.

Markaziy bank bugungi bayonotida pulning qadrsizlaniş darajasi kutilganidan köproq bölayotganini tasdiqladi. Ma’lum qilinişiça, umumiy inflatsiya prognoz qilingan trayektoriyadan yuqoriroq şakllanmoqda. Şu munosabat bilan regulyator asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldirdi. Izohlanişiça, bu – energetika narxlari oşişining ikkilamçi ta’sirlarini pasaytiriş va umumiy inflatsiyaning barqaror pasayuvçi trendga ötişini ta’minlaş bilan boğliq.

“Energiya narxlari oşirilişining ikkilamçi ta’sirlari yuzaga çiqişi inflyatsion bosimlarning uzoqroq davom etişiga işora beradi”, – deyiladi Markaziy bank bayonotida. Regulyatorga köra, iqtisodiyotdagi yalpi talab va ikkilamçi ta’sirlarning narxlarga oşiruvçi bosimlari kelgusi oylarda kutilganidan köra kuçayişi böyiça ehtimollar yuzaga kelgan taqdirda, asosiy stavka oşirilişi mumkin.

Fermerlarga bosim

Qişloq xöjaligi vazirligi Urgut tumani hokimi örinbosari tomonidan fermerlarga bosim ötkazilayotganini qoralab bayonot berdi. Vazirlikning ma’lum qilişiça, “ekişni xohlamagan fermerlarning yeri xitoyliklarga beriladi” degan ogohlantiriş qonunçilikka zid. Holat yuzasidan tegişli idoralar tomonidan huquqiy baho beriş çoralari körilayotgani aytildi.

Eslatib ötamiz, Urgut tumani hokimi örinbosari Zuhriddin Amonovning harakatlari haqida avvalroq Kun.uz xabar bergan edi. Amonov pilla, ğalla va paxta rejasini bajarmagan, soliqlarni tölamagan fermer xöjaliklarining yerlari xitoylik investorlarga berilişini aytgan. U öz videomurojaatida Xitoydan kelgan investorlar allaqaçon hududdagi yerlar bilan taniştirilayotganini ma’lum qilgan.

Afğoniston bilan bitim

Özbekiston va Afğoniston imtiyozli savdo töğrisida bitim tuzdi. Bitimni Toşkent xalqaro investitsiya forumi doirasida ikki mamlakatning savdo-sanoat vazirlari imzoladi. Kelişuv tafsilotlari hozirça ma’lum emas. Davlatlar örtasida, şuningdek, 2025-2026 yillarga möljallangan savdo-iqtisodiy va sanoat sohalarida hamkorlik dasturi ham tasdiqlangan.

Toşkent invesforumida qatnaşiş va şu kelişuvlarni imzolaş uçun kelgan Afğoniston sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy prezident Şavkat Mirziyoyev qabulida ham böldi. Uçraşuvda savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, energetika va agrar sohalarda, şuningdek, geologiya-qidiruv va foydali qazilmalar borasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Qirğiziston bilan bitim

Özbekiston Qirğiziston bilan mahkumlarni almaşiş töğrisidagi şartnomani ratifikatsiya qildi. Prezident Şavkat Mirziyoyev tegişli qonunga imzo çekdi.

Bu şartnoma Qirğiziston prezidenti Sadir Japarovning 2024 yil iyul oyida Toşkentga taşrifi doirasida imzolangan edi. Kelişuvga köra, endi ikki davlatdagi mahbuslar jazoning qolgan qismini vatanida ötaş imkoniga ega böladi. Mahbuslarni almaşiş “Döstlik/Dostuk” özbek-qirğiz çegara ötkaziş punkti orqali amalga oşiriladi.

Ma’lumotlarga köra, hozir Qirğizistonda 100 nafarga yaqin özbekistonlik, Özbekistonda esa 50 nafarga yaqin qirğizistonlik mahbus jazoni ötamoqda.