Qoidalar qimmatli qoğozlar hisobini taşkil etiş va yuritişning yagona prinsiplarini, depozitar operatsiyalarni amalga oşiriş tartibini, hujjat aylanişi va içki nazoratni taşkil etiş, şuningdek hisobot tuziş tartibini belgilaydi.

Qoidalar quyidagilarni ta’minlaş uçun işlab çiqilgan:

  • deponentlarning qimmatli qoğozlarini tegişli tarzda saqlaş, hisobga oliş va ularga bölgan huquqlarni tasdiqlaş;
  • depozitar operatsiyalarni töğri amalga oşiriş;
  • depozitar operatsiyalarni amalga oşirişda yagona yondaşuvni qöllaş;
  • amalga oşirilayotgan operatsiyalarni depozitar tizimning hisob registrlarida öz vaqtida va işonçli aks ettiriş;
  • çiquvçi hisobotni tegişli tarzda rasmiylaştiriş;
  • deponentlarning qimmatli qoğozlari bilan boğliq depozitar operatsiyalarni ötkazişda xatolarning oldini oliş;
  • operatsiyalarning töğri amalga oşirilganligini keyinçalik tekşiriş imkoniyatini yaratiş.

Qoidalar depozitar operatsiyalarni amalga oşiruvçi barça sub’yektlar uçun majburiydir.

Depozitar hisobining asosiy prinsiplari:

  • depo hisobini yuritiş
  • Markaziy depozitariy va hisob taşkilotlarining buxgalteriya balansi taşqarisida;
  • qimmatli qoğozlar soni böyiça;
  • hisob registrlaridan foydalangan holda depo hisoblarida;
  • depo hisoblarida qimmatli qoğozlarni qöş yozuv prinsipi böyiça hisobga oliş. Bunda har bir qimmatli qoğoz passiv va aktiv analitik depo hisoblarida aks ettiriladi;
  • qimmatli qoğozlar böyiça balans yuritiş. Bunda passiv analitik hisoblarda hisobga olinayotgan bir turdagi qimmatli qoğozlarning umumiy soni şu turdagi qimmatli qoğozlarning aktiv analitik hisoblaridagi umumiy soniga teng bölişi kerak.