Telegram messenjeri asosçisi Pavel Durov köp milliard dollarlik boyligini 100 dan ortiq farzandi örtasida taqsimlaşini aytdi. Bu haqda Fransiyaning Le Point jurnalidagi Durov intervyusiga asoslanib, Euronews xabar berdi.

Durov hozir Telegram platformasining yagona aksiyadori hisoblanadi va u donor spermadan tuğilgan barça bolalari «bir xil huquqlarga» ega bölişini istaydi.

«Men ölimimdan keyin ular bir-birini böğizlaşini xohlamayman», deb qöşimça qildi u.

Tadbirkorning iddao qilişiça, uning donor spermasi yordamida 12 ta davlatda 100 dan ortiq bola dunyoga kelgan. Bundan taşqari, Durov uç ayoldan tuğilgan olti farzandning rasmiy otasi hisoblanadi.

Pavel Durovning qöşimça qilişiça, uning farzandlaridan heç biri yana 30 yil davomida meros ololmaydi.

«Men ular oddiy odamlardek yaşaşini, öz karerasini qurişini, öziga işonişni örganişini, ijod qila olişini va bank hisobiga qaram bölmasligini istayman», deb tuşuntirdi u.

Durov tomonidan asos solingan Telegram platformasi oylik milliard foydalanuvçiga ega. Uning boyligi 15-17 milliard dollarga baholangan.