Prezident yordamçisi Saida Mirziyoyeva bugun, 23 iyun kuni Samarqandda BMTning Davlat xizmati böyiça xalqaro komissiyasi rahbari Larbi Jakta bilan uçraşuv ötkazdi.

«Biz davlat xizmatçilarining işini qanday qilib samaraliroq va zamonaviyroq qiliş mumkinligi, qaysi xalqaro standartlarni joriy etiş va xodimlarni qanday qöllab-quvvatlaş kerakligi haqida suhbatlaşdik», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva özining Telegramʼdagi kanalida.

Qayd etilişiça, uçraşuvda ayni paytda Özbekiston davlat boşqaruvi tizimida keçayotgan islohotlarga alohida e’tibor qaratilgan. Larbi Jakta mamlakatning sönggi yillarda erişgan yutuqlarini yuqori baholab, bugungi Özbekiston infratuzilma, innovatsiya va inson kapitali jihatidan butkul boşqaça davlat ekanini ta’kidlagan.

«Özbekiston bilan BMT örtasidagi hamkorlik misli körilmagan yuksak darajada. Larbi Jakta bilan uçraşuv ana şu munosabatlarni qöllab-quvvatlaş va birgalikdagi faoliyat uçun yangi istiqbollarni belgilaş uçun ajoyib imkoniyat böldi», — deydi prezident yordamçisi.