Olimlar keyingi yuz yil içida quşlarning 500 dan ortiq turi yöqolib ketişi mumkinligini aniqladi. Ular quşlar populyatsiyasini tiklaş böyiça tezkor dasturlarni amalga oşirişga çaqirdi, deb yozadi The Guardian.

Qayd etilişiça, quşlarning hatto bir neça turi yöqolib ketişi ham butun dunyo böylab ekotizimning buzilişiga olib keladi. Tadqiqotning yetakçi mualliflaridan biri bölgan Reding Kerri Styuard universiteti vakilining sözlariga köra, Yer «quşlarning yöqolib ketiş inqiroziga» duç kelgan. Prognozlarda keltirilişiça, 2125 yilga borib sayyorada oxirgi 500 yildagidan köproq quş turlari yöqolib ketadi.

Ta’kidlanişiça, quşlar populyatsiyasining kamayişiga qişloq xöjaligining kengayişi va rivojlanişi sabab bölmoqda. Şuningdek, iqlim özgarişi, örmonlarni kesiş, tabiiy muhitning yomonlaşuvi ham ularning yöqolib ketişiga ta’sir körsatmoqda. Şu bilan birga, quşlarga nisbatan salbiy ta’sirlar töxtatilgan taqdirda ham ularning 250 ga yaqin turi baribir yöq bölib ketadi.

Olimlar uşbu nodir quş turlarini saqlab qoliş uçun ularni tutqinlikda köpaytiriş va yaşaş muhitini tiklaş böyiça dasturlar yaratişga çaqirmoqda. «Qöriqlanadigan hududlar muhim rol öynaşi mumkin, biroq qişloq xöjaligi, örmonçilik, baliq ovlaş, ovçilik va boşqa manbalardan keladigan tahdidlarni kamaytiriş hal qiluvçi ahamiyatga ega. Şu bilan birga, ayrim turlar maxsus tiklaş çora-tadbirlarini talab qiladi», — dedi tadqiqot mualliflaridan biri Styuart Butçart.